Aholini dori vositalar va tibbiy buyumlar bilan ta'minlash tartiblari


Dorixonaarda chakana savdoni tashkil etish tartiblari



Yüklə 419,57 Kb.
səhifə7/8
tarix16.12.2022
ölçüsü419,57 Kb.
#75357
1   2   3   4   5   6   7   8
3-MAVZU

4.4. Dorixonaarda chakana savdoni tashkil etish tartiblari
Dorixona dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana savdo qilishni, shuningdek ularni tayyorlashni amalga oshirish uchun tegishli lisenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxs shaklida yoki yuridik shaxsning tarkibiy bo‘linmasi shaklida tashkil etiladi. Dorixonalarning filiallari, davolash-profilaktika muassasalarining dorixonalari ham dorixonalar jumlasiga kiradi.
Dorixonalar sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlari talablariga hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlar talablariga javob berishi kerak.
Dorixonalar tegishli davlat standartlari talabiga muvofiq dori vositalarini va tibbiy buyumlarni saqlash va chakana savdo qilishda ularning sifati, xavfsizligi va zararsizligini ta'minlash talablariga javob beradigan tegishli bino, asbob-uskuna va jihozlarga ega bo‘lishi kerak.
Dorixona mudiri oliy farmatsevtik ma'lumotga, dorixona filialining mudiri esa farmatsevtik ma'lumotga ega bo‘lishi kerak.
Dorixonalar tomonidan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash, berish, savdo qilishda belgilangan qoidalariga va ularning sifatini ta'minlovchi saqlash sharoitlariga rioya etishi kerak.
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni dorixonalardan tashqarida sotish taqiqlanadi.
Chetdan olib kelinadigan, shuningdek, mahaliy korxonalardan mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilaridan sotib olinadigan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotish, ularni yetkazib berishda ishtirok etuvchi vositachilar sonidan qat'i nazar, chakana savdo uchun ulgurji narxidan 20 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorlarda belgilanadigan cheklangan savdo ustamalari qo‘llanilgan holda amalga oshiriladi, shuningdek ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlari belgilangan narxlarda sotiladi.
Belgilangan tartibda sertifikatlanishi lozim bo‘lgan dori vositalari va tibbiy buyumlarni muvofiqlik sertifikatlarisiz chakana sotish taqiqlanadi.
Dorixonalar dori vositalarining qo‘llanilishi vaqtida nojo‘ya ta'sirlar aniqlangan barcha holatlar haqida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligini belgilangan tartibda yozma shaklda xabardor qilishi kerak.
Dorixonalar farmatsevtika faoliyatini amalga oshirishi uchun berilgan lisenziyaning raqami, amal qilish muddati, shuningdek, lisenziya bergan tashkilot to‘g‘risidagi ma'lumotlarni yoki lisenziya nusxasini iste'molchilar tanishishi uchun qulay bo‘lgan joyga joylashtirishi kerak.
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning chakana savdosi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni tayyorlash tegishli lisenziyaga ega bo‘lgan dorixonalar tomonidan amalga oshiriladi.
Dorixonalarda dori vositalari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori moddalaridan (substansiyalardan) tayyorlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan tayyorlashga ruxsat etilgan dori vositalari ro‘yxatiga kiritilmagan dori vositalarini tayyorlash taqiqlanadi.
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash, shuningdek ularni saqlash, sifatini nazorat qilish hamda rasmiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi belgilaydigan tartibda dorixonalar tomonidan amalga oshiriladi.



Yüklə 419,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin