Alisher navoiy h ayrat ul-abror


Oldidagi jononaga ko ‘zim tushsa



Yüklə 204,58 Kb.
səhifə16/50
tarix20.10.2022
ölçüsü204,58 Kb.
#65635
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   50
Oldidagi jononaga ko ‘zim tushsa,
Oldida shukronasiga jonimni beray.
Jondin dard olib bu darmon bila,
Bu olamdin oxiri armon bilan ketmayin.
Bu murodim liosil bo‘lm
Davlati diydor nasib bo'lmasa.
Dashti fano tomon yo‘l olay,
Yo'qlik mamlakati tomon yo‘l olay.
Aylasalar ikki tomondin vafo,
Yetgay ular jonig*a oncha safo.
Kim sifati sig‘magay avroq aroy Demayin avroqki, ofoq aro.
Ikki vafoliq yor xususida
Eshitishimcha, shohi Komron, to‘rt xoni Amir Ko‘ragon iqlimlarni birin-ketin bosib olar ekan, Hindiston oikasida qattiq janglar boidi. Sohibqiron g‘olib kelib bir necha hududlarni fath etdi va dushmanlar ko‘ngliga kuchli dahshat soldi. Yovlar kofir boiib, shahanshdh ularning barchasini qirib tashlashga buyruq berdi. Har bir askar o‘z xohishicha bosh kesishga kirishdi. Boshlar sayllardagi toshlar kabi hamma yoqni toidirardi. 0‘tkir xanjarlar hamma yoqda bosh kesishdan bo‘shamasdi. Shu mahal ikki bechora yor qotillarga
Kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
duch kelishdi. Bir sipoh ulardan birining kallasini tanasidan judo qilishga kirishdi. Shohning buyrug‘ini bajarmasa, o‘zining o‘ldirilishi aniq-ku! Yonidan xanjarini chiqarib, haligi hindning boshini chopmoqchi bo‘lgan edi, o‘z do‘sti boshining yov tig‘i ostida turganini ko‘rgan yo‘ldoshi o‘z boshini ochdi- da, dushman askariga tutib, “Senga bosh kerak bo‘lsa, uning boshiga tegmay, mening boshimni kesaqol”, deb illijo qila boshladi. Sipoh oldingi hindini qoldirib, keyingisini o‘ldiray deb tig4 ko‘targan edi, o‘rtog‘i qolil oyog‘iga bosh qo‘yib o‘zini o‘ldirishini tilardi. Jahli chiqqan sipoh “Mayli, ikkalangizning kallangizni olaman” desa, qay biriga xanjar ko‘tarsa, ikkinchisi iztirob chekib faryod urardi. Ikki do‘st o‘z boshlarini oldin kestirish uchun bir-birlari bilan ialashishardi. Shu hoi davom etar ekan, el orasiga “al-omon”, ya’ni “o‘ldirishni to4xtatib, qolganlarni omon qoldiringlar”, degan e’lon-buyruq eshitildi. Ikki do‘st bir-birlari uchun jonlaridan kechishgan edi, shoh ham xalq qonidan kechishga farmon berdi. Ikki jonajon do‘st o‘zlarining chinakam sadoqatlarini namoyon qilishib, o‘zlari ham omon qoldilar. Elning hayotini ham saqlab qoldilar.

Yüklə 204,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin