Alisher navoiy h ayrat ul-abror


Bil munikim, umr vafosizdurur



Yüklə 204,58 Kb.
səhifə42/50
tarix20.10.2022
ölçüsü204,58 Kb.
#65635
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   50
Bil munikim, umr vafosizdurur,
Davlat ila jah baqosiz erur.
Bu olamda hamma. narsa ko‘z yumib ochguncha o‘tib ketadi. Davr binosini xarob deb bil, ko‘ringan narsalami sarob deb bilgil. Butun dunyo foniy - aldamchidir, boqiyni tilasang, u faqat haq erur. Jismimiz uchini tarxini soluvchi ham, unga ruh berib olguvchi ham 0‘zi!
Olam aro toki tirikdur kishi, .
Haq bila bo‘lmoq erur ansab ishi.
Haq yodidan ogoh bo‘lmagan har bir odam uchun ogohlik ham gadolikcha bo‘lmaydi. Gado bo‘lsa ham tangridan ogoh bo‘lsa, ikki jahon shohiga teng bo‘la oladi!
Oldinga kelsa iilanuis ish base,
Haqdin erur, aylama nolish base.
Yetsa zafar, bilma ilik kuchidin, ‘
BU zafaru fathni berguchidin.
ShohIig‘inga aylamagil e’tihor,
Haq g'azabu lutfig*a qil e’tibor.
Fillar va ularning egalarini bir lahzada halok etilganini yodingda tut.Birgina qush donasi har birining manzilini yo‘qlik olamiga aylantirgani esingdami? Zahhokning azob-uqubat bilan topgan xazinasi Faridunga qanday nasib etganini ham bilarsan? Qahridan sher yengilgan bo‘lsa ham, oddiy sigir sutini ichgan bir yetim boshini uzdi-ya!
Bu ajoyib ishni ko‘rki, Haq o‘z ne’matlarini xalqqa berishda seni sabab qildi. Sen bu qismatni qanday o‘zgartira olarding?
Kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
Shu holatda bir necha nodon sening farmonlaringga boVsunmayotgan bo‘lsa, barchasiga amaldagi qonunlarga ko‘ra siyosat qilish zarur bo‘Iadi.
Senga I laq lulf qilib, toju taxtni in’om qildi, senga karomat, iqbol, baxt berdi. Hukmingga olamni zabun ayladi, el qaddini amringga nigun qildi - ta’zim qildirdi.
Muncha yaxshiliklar shukrini bilmasang, neki amr etgan boMsa, ado qilmasang, g‘allat-la qolib yo mag‘rurlik qilib amriga bo‘ysunmasang, qahri keladimi, yo‘qmi, ayt, men uni aytgunimcha o‘zing aytaqol! G‘azabning qaltiq shamoli yetsa, nima qila olasan? Mulk uning mulki bo‘lsa, qayoqqa ketasan? Unga qarshi dushmanlik qilib isyon, urush boshlasang, yengilib biron joyga yashiringan holingda ham Xoliq buni ko‘rib tursa, qanday holatga tushasan? Sening el oldida uyatli bo‘lganing Tangriga ayon bo‘lsa, ne hoi yuz beradi?
Adolatli bo‘lay desang Muhammadning shar’iy nizomini tuz. Qaysi shoh najot uyiga panoh istasa, shu yo‘l o‘sha uyga olib boruvchi kalta ko‘cha vazifasini bajaradi. Shariat qonunlariga amal qilib, adolat bilan mamlakatingga mador qilgil.

Yüklə 204,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin