Andijon davlat tibbiyot instituti «kelishildi»



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə50/231
tarix02.01.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#47866
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   231
Даволаш-АДТИ Магистратура имтиҳон дастури 2021

5A510106 OFTALMOLOGIYA
Tuzuvchi: A.F. Ikromov - ADTI Oftalmologiya kafedrasi mudiri, professor, t.f. d

Taqrizchi: G.N.Mamatxujaeva - ADTI Oftalmologiya kafedrasi dotsenti, t.f.n.



Kirish

Oftalmologiya – ko‘ruv a’zosining anatomiyasi, fiziologiyasi va kasalliklari, shuningdek ko‘rlikning strukturasini o‘rganuvchi fan. Amaliy oftalmologiya ijtimoiy-klinik fan bo‘lib, ko‘ruv a’zosi va uning yondosh a’zolarining morfo-fiziologik xususiyatlari va patologiyasini o‘rganish, ularni konservativ xamda xirurgik davolash usullari bilan shug‘ullanadi. Ko‘z olmasi va yordamchi apparati turli o‘tkir va surunkali kasalliklarda tez-tez zararlanadi. Kasalliklar uzoq vaqt mehnat kobiliyatining yo‘qotilishiga olib keladi. Ko‘ruv a’zosining patologik o‘zgarishlari ko‘pincha organizmning boshqa a’zo va sistemalarida uchraydigan kasalliklari bilan uzviy bog‘liqdir. Shuning uchun ushbu fanni o‘rganish quyidagi fanlarni bilishni taqozo etadi: anatomiya; fiziologiya; patologik anatomiya va sitologiya; patofiziologiya; bioximiya; mikrobiologiya; ichki kasalliklar; umumiy xirurgiya; anesteziologiya va reanimatsiya asoslari; infeksion kasalliklar; ftiziatriya; endokrinologiya; allergologiya; otorinolaringologiya; dermatovenerologiya, gigiena, menejment va marketing.

Oxirgi yillarda oftalmoxirurgiyada yuqori texnologiyalarning qo‘llanilishi oqibatida bu soxada yuksak yutuqlarga erishilmokda. Eksimer lazer jarroxligi va vitreoretinal xirurgiyaning rivojlanishi ko‘ruv analizatorining muammo bo‘lib turgan ko‘pgina kasalliklarining davolanishiga sabab bo‘ldi.

Shunday qilib, oftalmologiya fani tibbiyot ta’limidagi eng murakkab fanlardan biri bo‘lib, u bo‘lg‘usi magistrlarni ko‘ruv analizatorining terapevtik va xirurgik kasalliklari diagnostikasi, davolash prinsiplari, ularning ilmiy taxlili, profilaktika va dispanserizatsiyasi, xamda oftalmologiya xizmatining marketing va menejmenti bilan shug‘ullanuvchi yuksak darajadagi shifokor sifatida shakllantirishda katta ahamiyat kasb etadi.



Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin