33
6.
Bolani
asrab
oluvchi
oilaga
joylashtirish, asrab oluvchi ota-onalarni
chuqur o‘qitish kursi
Patronaj qiluvchi.
7
6. Davlat vasiylik tashkilotlarida ijtimoiy-pedagogik faoliyat
Agarda bola asrab olinmasa va bola qilib oladigan oilaga
tushmasa unda bu bolaning
tarbiyasi, ta’lim va rivojlanishi bilan davlat tashkiloti shug‘ullanadi. Hozirgi kunda
O‘zbekistonda bolalar uylari (malyutka) invalidlar uchun maktab-internatlari
reabilitatsion
markazlari va 28 ta mehribonlik uylari (bolalar uylari) mavjud. Mehribonlik uylarida 3400 ga
yaqin bolalar yashaydilar. Ota-onalari qarovisiz qolgan bolalar tarbiyalanadigan davlat
tashkilotlari faoliyatlarining asosiy maqsadlari: bu tashkilotlardagi
bolalarni ijtimoiy himoya
qilish; reabilitatsion, tibbiy va ijtimoiy xususiyatdagi
tadbirlarni amalga oshirish; bolalar
umumiy ta’lim olishlarini tashkil etish.
Bolalar mehribonlik uylarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Bolaning rivojlanishiga yordam beruvchi uy vaziyatiga
yaqinlashtirilgan qulay, maishiy
sharoitlarni yaratish.
2. Bolalar sog‘lig‘ini saqlashni ta’minlash.
3.
Bolalaning ijtimoiy himoyasini, uning tibbiy-pedagogik va ijtimoiy moslashishini
ta’minlash.
4. Tarbiyalanuvchilar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish.
5. Bolalar ta’lim dasturlarini olishlari, shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarida munosib ta’lim
olishlari.
6. Trabiyalanuvchilar umumiy madaniyatini, ularning hayotga moslashishlarini shakllantirish.
7. Tarbiyalanuvchilarda o‘zini rivojlantirishga va o‘zini anglashga
talablarini yuzaga
keltirish.
8. Kasb-hunar ta’lim dasturlarini tushunib ongli ravishda tanlashi va keyinchalik
o‘zlashtirishi uchun sharoitlar yaratish.
Ijtimoiy pedagogning bolalar mehribonlik uyidagi ijtimoiy-pedagogik
faoliyatini
chuqurroq ko‘rib chiqamiz. Ijtimoiy-pedagogik faoliyatning maqsadi – bolalar uyi
tarbiyalanuvchilarini ijtimoiylashtirish (bolaning jamiyatga “kirish” jarayoni).
Bu maqsad turli
masalalarni bajarish bilan amalga oshirilishi mumkin. Jadvalga qarang, unda ijtimoiy pedagogik
faoliyat masalalari, vazifalari, faoliyatini tashkil etish metodlari va shakllari ko‘rsatilgan.
Dostları ilə paylaş: