Andijon davlat universiteti ijtimoiy pedagogika ma’ruza matn



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/59
tarix20.03.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#88838
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   59
ijtimoiy pedagogika (12)

Deviatsiya tiplari 
Me’yordan og‘ish 
Jamiyatda qabul qilingan qoida va xulq-atvor me’yorlaridan og‘ishgan o‘smirlar og‘ir 
tarbiyalilar deb ataladi. 
Og‘ir tarbiyali o‘smir jamiyatda o‘rnatilgan qoida va me’yorlarga rioya qilmaydi. Bunday 
holat ilmda deviatsiya deyiladi (lotin tilida deviation - og‘ishlik). Masalan, fizikada kompas 
magnit strelkasining og‘ishi, biologiyada organizm rivojlanishida og‘ishlik uchraydi. 
Deviyasiya (og‘ishlik) – bir tomondan uni o‘rab turgan inson va atrof-muhitga xos bo‘lgan 
o‘zgaruvchanlik hodisasidir. O‘zgaruvchanlik ijtimoiy muhitda inson xulq-atvori bilan bog‘liq. 
Ilgari aytib o‘tilgandek, xulq me’yordagidek yoki og‘ishgan bo‘lishi mumkin. 
Me’yoriy xulq O‘smirning rivojlanishidagi ehtiyojlari va imkoniyatlari, uning 
ijtimoiylashuviga to‘la javob beruvchi, unga adekvat
8
monand keluvchi mikrosotsium bilan 
uning o‘zaro faoliyatidir. 
Agar bolaning atrofidagi muhit o‘smirning u yoki bu xususiyatlari, uning xulq-atvoriga 
doimo (yoki deyarli doim) o‘z vaqtida va adekvat (monand) bo‘lsa, o‘smirda xulq-atvor 
me’yoriy bo‘ladi. Bu fikrdan xulqi og‘ishganlikning tavsifi ham kelib chiqadi, biroq bolaning 
mikrosotsium bilan o‘zaro faoliyati sifatida uning rivojlanishini buzuvchi va ijtimoilashuvida va 
yuzaga keluvchi xulqi, jamiyatda o‘rnatilgan axloqiy hamda huquqiy og‘ishganlik ijtimoiy 
dezadaptatsiyaning (bola uchun ijtimoiy muhit sharoitlariga moslashishga to‘siqlik qiladigan 
hodisa) ko‘rinishlaridan biridir. 
Bolalik - o‘smirlik dezadaptatsiyada quyidagi patologiyalar o‘z tasdig‘ini topgan: Maktab 
yoshidagi bolalar, maktabga bormaydilar, Yetim-bolalar, ijtimoiy Yetimlar, giyohvandlik va 
zaharli (toksinli) vositalarni qabul qiluvchi o‘smirlar; jinsiy ahloqsiz o‘smirlar, huquqbuzarlik 
faoliyatlariga berilgan o‘smirlar. 
Deviatsiyaning tarkibiga deviantlik, delinkvent va kriminal xulq-atvorlilar kiradi. 
Deviant xulq-atvor-xulqiy og‘ishganlikning bir turi bo‘lib, o‘smirning yoshiga muvofiq 
bo‘lmagan ijtimoiy xulq-atvor me’yor va qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan 
mikrosotsium munosabatlar (oilaviy, maktabdagi) va kichik jinsiy yosh ijtimoiy guruhlari uchun 
xarakterli bo‘ladi. YA’ni xulq-atvorning bu tipini intizomsizlik deb atash mumkin. Deviant 
xulq-atvor ko‘rinishlariga o‘smirning namoyishkorlik, agressvilik, o‘ziga erk berish, o‘qish va 
mehnat faoliyatidan tizimli og‘ishlik, uydan ketib qolish, daydilik, ichkilikbozlikka berilish, 
8
Адекват – (лотинчадан adacquatus – тенглашган)- тенг, монанд, тўла мувофиқ келувчи 


40 
alkogolizmga berilish, giyohvandlik va u bilan bog‘liq assotsial faoliyatlar, jinsiy xarakterdagi 
jamiyatga qarshi faoliyatlar, suitsid
9

Delinkvent xulq-atvori – deviantlikdan farqli ravishda bolalar va o‘smirlarning assotsial 
xulq-atvori bilan xarakterlanadi. Bu xulqiy harakatlarda huquqiy me’yorlarni bola buzib o‘tsada, 
biroq huquqiy, jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. Sababi cheklangan ijtimoiy xavfli yoki bola 
jinoiy javobgarlikka tortilish yoshiga etmagan hisoblanadi.
Delinkvent xulq-atvorda: asosan inson shaxsiga qarshi agressiv-zo‘ravonlik xulqi, haqorat, 
janjalkashlik, o‘t qo‘yish, sadistlik harakatlari ajralib turadi. 
Delinkvent (lotin tilidan delinqveng-huquqbuzar)-xulqiy og‘ishgan sub’ekt, o‘z 
harakatlarida jinoiy jazolanadigan faoliyatlarni amalga oshiradi. 
- arazli xulq-atvor, o‘zida mayda o‘g‘rilik, bosqinchilik, talonchilik, avtotransportni 
o‘g‘irlash va boshqalarni amalga oshirib, moddiy manfaat ko‘rinishning ilinjida mulkiy tajovuz 
qilishdan iborat. 
- Giyohvand moddalarni tarqatish va sotish. 
Kriminal (jinoiy) xulq-atvor (lotin tilidan, criminalis-jinoyatchilik) huquqbuzarlik harakati 
bo‘lib, jinoiy javobgarlik yoshiga etguncha, jinoiy ish ochishda asos bo‘lib xizmat qiluvchi va 
Jinoyat kodeksining belgilangan moddalari bilan asoslanadigan xulq-atvor 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin