Alkogol iste’mol qilishga moyil bo‘lgan bolalar yosh ko‘rsatkichlariga ko‘ra olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat xususiyatlari Maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalar
Bir yoshdan etti yoshgacha bo‘lgan bolalarda odatlari yuzaga kelishida, uning hayotiy
yo‘nalishlari shakllanishida ota-onalar katta ta’sir ko‘rsatadilar. SHuning uchun ijtimoiy
pedagogning faoliyati birinchi navbatda bolaning oilasi (uning ota-onalari bilan) hamda bolaning
o‘zi bilan ishlashdan tashkil topadi.
Bolaning bu yoshda spirtli ichimlik ichish istagi ko‘p hollarda kattalarga taqlid qilishdan
iborat bo‘ladi.
Agarda bu davrda bolada yomon odatlar paydo bo‘lib, ularning orasida alkogolni iste’mol
qilishni ma’qullaydiganlari mavjud bo‘lsa, unda 7 yoshiga kelib ular to‘la shakllanadi. Bu
yomon odatlarni tuzatish, yo‘qotish juda qiyin bo‘ladi.
Ota-onalar bilan ishlash ikki yo‘nalishlarda olib boriladi:
1.
Oila a’zolari o‘rtasida munosabatlar madaniyatini shakllantirish. Faqatgina
munosib oilaviy munosabatlar mavjudligidagina ma’naviy alkogolga qarshi ko‘rsatmalarni
shakllantirish mumkin.
2.
Bolaning sog‘lom hayot faoliyati muxitini yaratish, bu unda alkogolga va spirtli
ichimliklar iste’mol qiluvchi odamlarga nisbatan salbiy munosabatlarni yuzaga keltirishni, bu
holatni ma’naviy qoralashni o‘z ichiga oladi.
Bola bilan ishlar olib borishda quyidagi maqsadlar ko‘zlanadi:
1)
Kichik yoshdagi maktab o‘quvchisida o‘kishga intilishni shakllantirish (bola
spirtli ichimlik iste’mol qilishga odatlanganda odatda maktabda o‘qishida jiddiy muammolar
yuzaga keladi va o‘qishni istamaydi qoladi).
2)
Irodasi, o‘z qadr-qimmatini xis etish kabi shaxsiy sifatlarini shakllantirish va
rivojlantirish
Ishlash metodlari: yorqin emotsional hikoya qilish, namoyish etish, ko‘rsatib berish,
syujetli-rolli o‘yinlar