Andijon davlat universiteti ijtimoiy pedagogika ma’ruza matn



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/59
tarix20.03.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#88838
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   59
ijtimoiy pedagogika (12)

O‘smirlar 
O‘smirlik davrida,11 yoshdan boshlab, kattalar bolalarga o‘z ta’sirlarini yo‘qota 
boshlaydilar va o‘z tengdoshlari bilan munosabatlar katta ahamiyatga ega bo‘la boshlaydi. 
O‘smirning ijtimoiy mavqei qanchalik past bo‘lsa, uning guruhga ta’siri shunchalik past bo‘ladi. 
SHuning uchun u o‘zi istamagan ijobiy harakatlarni amalga oshiradi. O‘smir guruhdagi qoidalar 
uchungina shunday yo‘l tutadi. SHuning uchun bu yoshda ijtimoiy pedagog ishida asosiy 
e’tiborni quyidagi yo‘nalishlarda guruhlar bilan ishlashga qaratishi shart: 
1. 
Alkogolizm sabablari va oqibatlarini oldini olish. Bu ishni alkogolizm bilan 
bog‘liq mavzuda guruhli munozaralar yoki roli o‘yinlar o‘tkazish yordamida amalga oshirish 
mumkin. 
2. 
O‘smirlarni bo‘sh vaqtlarini tashkil qilish, chunki mazmunsiz vaqtni o‘tkazish 
o‘smirlarning spirtli ichimliklar iste’mol qilishlari rivojlanishi xavfi asosiy omili hisoblanadi. 
3. 
O‘smirda alkogolga qarshi ishonchini shakllantirishga qaratilgan alkogolga qarshi 
tarbiyalash. 
4. 
Maktab pedagogik jamoasiga alkogolizmgi qarshi bilimlar berish. Alkogolga 
qarshi tarbiya elementlarini maktab doirasida fanlarga kiritish mumkin. Masalan, “Davlat va 
huquq asoslari” faniga “alkogolizmga berilib ketish oqibatida ota-onalik huquqlaridan mahrum 
etish” mavzusini kiritish mumkin; “Tarix” faniga “Qoloq xalqlarni ularni qul qilish maqsadida 


54 
kolonizatorlar tomonidan spirtli ichimlik berib mast qilishlari” mavzusini va boshqalarni kiritish 
mumkin. 
5. 
Ijtimoiy pedagogning vositachilik faoliyati – bu oldini olish ishlariga faqatgina 
o‘kuvchilarning ota-onalarini emas, balki militsiya xodimlarini, rayon poliklinikasi 
shifokorlarini, jamoatchilikni ham jalb qilishdan iborat bo‘ladi. 
6. 
O‘smirning ijtimoiy-pedagogik qarovchizligini bartaraf qilish. Bunday qarovsizlik 
so‘z boyligi kamligi, atrof Dune haqidagi bilimlarining etarli emasligi, ko‘pchilik ko‘nikmalar 
(hisoblash, o‘qish, yozish va boshqalar) yaxshi o‘zlashtirilmaganligi ko‘rinishlarida namoyon 
bo‘ladi. 
Yoshlik 
O‘smirlardan farqli ravishda yoshlik davrida, 15-17 yoshida tengdoshlari guruhiga 
emotsional bog‘liqligi kam darajada ifodalanadi. individualligini ifodalovchi hulqi usuli birinchi 
o‘rinda bo‘ladi. 
Ijtimoiy pedagog katta sinf o‘kuvchilari bilan individual ishlashga e’tiborini qaratishi 
kerak: 
1. Individual konsultatsiyalar o‘tkazish. 
2. Shaxsni ijtimoiy o‘qitish, bu spirtli ichimliklarni iste’mol qilish bilan bog‘liq 
xavflarni tasavvur etishni o‘z ichiga oladi. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin