Asr oshgan asarlar


lakatdagi umumiy vaziyatni, keyingi hodisalarni



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   161
Navoiy romani. Oybek

lakatdagi umumiy vaziyatni, keyingi hodisalarni
tushuntirib, nihoyat, so‘radi:
— Davlatda biron vazifa olib bormoq niyatingiz
bormi?
— Boshqa o ‘lkalarda menga baland mavqelar tak-
lif etdilar. Aslo rozi bo‘lmadim. Ammo, Xurosonda
qay vazifa berilsa, jonim bilan ado eturmen, — javob
berdi X o‘ja Afzal.
Navoiy xursand bo‘ldi. El-ulusga jonkuyar odam-
larni ish boshiga qo‘ymoq uchun bel bog‘lamoqqa eski
g‘ayrat bilan azm etdi va bir necha kundan so‘ng
qarorgohga jo‘nadi.
Husayn Boyqaro Murg‘ob qirg‘og‘ida, hashamatli
chodirda shoimi yig‘i-sig‘i bilan kutib oldi. U mast
edi. Egnida uzun, qora ipak to‘n — motam kiyimi...
Butun siymosidan nabirasining hasrati barq urardi.
Shoirni o ‘ziga yaqin o ‘tqizdi. Uzoq vaqtgacha gapira
olmadi — achchiq alamli yig‘i nafasini bo‘g‘ardi.
— Bag‘oyat og‘ir gunohga botdim. Nuridiydamni,
455


Temur kabi ulug‘ qo‘shinlarga sardor bo‘luvchi shun-
qorimni jallod qo‘liga topshirdim. Tangri o ‘zi kechir-
masa, ahvolim mushkul, — dedi ko‘z yoshini artib
Husayn Boyqaro.
— Yuzqoralik bo‘libdi! — dedi Navoiy alam va jahl
bilan. — Tangrim hech bir bandasining boshiga bun-
day kunlarni solmasin!
— Aqlu hushdan, ixtiyorimdan ayrilgan vaqtda
noinsoflar... — so‘zni davom ettira olmadi Husayn
Boyqaro.
— Haqiqiy jinoyatkorlami bilursizmi? Ular kimlar?
Husayn Boyqaro quyuq qoshlari ostidagi qiyg‘och,
shishgan, qizargan ko‘zlarini pastga qaratib, boshi
bilan tasdiqladi. Lekin shaxslar haqida hech nima
demadi. Faqat umuman atrofini o ‘ragan nonko‘rlar,
fitnachilardan shikoyat qildi.

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin