Asr oshgan asarlar


Navoiy X o‘ja Afzalning kelganligi, podshohga xiz-



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   161
Navoiy romani. Oybek

Navoiy X o‘ja Afzalning kelganligi, podshohga xiz-
mat qilmoqqa orzusi borligini so‘zladi. Husayn Boy­
qaro uni yaxshi so‘zlar bilan, eski qadrdon kabi yorla-
di ham vazir etib farmon bermoqqa hozirligini bil-
dirdi.
Navoiy kelgan kundan boshlaboq vaziyatni, jino-
yatni va uning ichki tomonlarini o ‘rganishga tirishdi.
Valibek, Boboali eshik og‘a, Abdullo marvoriy, Darvesh-
ali bilan suhbatlashib, jinoyatga Xadichabegim bilan
bir qatorda Nizomulmulk sababchi ekanini, lekin pod-
shoh Xadichabegimdan xafa bo‘lsa ham, uning guno-
hi haqida og‘iz ochmaganini bildi. U Nizomulmulk-
ning yaqinlaridan bo‘lgan Imodal Islom, X o‘ja
Abdulaziz, Nizomiddin Kurd, qozi Shahobiddin va
hokazo bir ko‘p yuqori mansabdorlar shahzodalaming
orasiga dushmanlik solib, goh u shahzodaga, goh
boshqasiga tarafdorlik ko‘rsatayotganlarini aniqladi.
Badiuzzamon awalgi adovatiga endi o ‘g‘lining
qasosini qo‘shib, har yerda o ‘ziga tarafdorlar to‘plab,
qat’iy hujumlarga o ‘tmoqqa tayyorligi haqida xabarlar
olindi. Uning hujumini, birdan guvillab keladigan
bo‘ron kabi, har vaqt kutib turardilar. Bu to ‘g‘rida
Navoiyning ham shubhasi yo‘q edi. Bundan tashqari,
456


ba’zi alomatlarga binoan, boshqa shahzodalarning
ham turli viloyatlarda erta-kech bosh ko‘tarishlarini
taxmin qilardi u.
Nizomulmulk hech qanday jinoyatning oldidan
o ‘tmagandek, pinagini buzmay, awalgiday kekkayib,
dabdabador yashar edi. Uning so‘zlarida davlatning
vaziyati ko‘rilmagan darajada mustahkam, xalq shod,
yurt obod edi!
Husayn Boyqaro farmon bilan X o‘ja Afzalni vazir

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin