Asr oshgan asarlar


terishga tirishadi. Faqat, nima qilsinki, mamlakatning



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   161
Navoiy romani. Oybek

terishga tirishadi. Faqat, nima qilsinki, mamlakatning
siyosiy hayotida to‘xtovsiz zilzila!
458


Nizomulmulkning ikki o ‘g‘lini zindon ichida,
otasining ko‘z o‘ngida, jallod qilichdan o'tkazdi.
So‘ng Nizomulmulkni Amr Obodiyning eng keyingi
ixtiroi bo‘lgan qiynoqlar bilan qiynab, terisini shilib,
somon tiqdilar. Sersavlat, ko‘rkam sobiq vazirning
somon tiqilgan gavdasi bir hafta qadar Hirot may-
donida osilib yotdi.
Badiuzzamon Mirzoning tarafdorlarini Husayn
Boyqaro zindonga otdi. Lekin hayotda osoyishtalik,
baribir, yo‘q. Podshoh xonadonidagi o ‘n yillardan
buyon tomir yoygan adovat, fitna, zahar taratuvchi
yog‘ochday, havoni bo‘g‘moqda edi. 0 ‘g ‘lining qasosi
bahonasi bilan Badiuzzamon qari, kasal otaga hujum-
dan qaytmaydi. Navoiy mamlakat va el taqdiriga ko‘p
va kar bo‘lishga vijdoni azoblanadi. Poytaxtdan jang
maydoniga yangi kuchlar yuborishi, shahzodalarga
ham yozib, ulami adl-insofga chaqirishi kerak. Badiuz­
zamon endi ancha tajribali bo‘lib qolgan. U ni to‘la
tor-mor qilish og‘ir. Shikast esa, chekinadi, lekin
oradan ko‘p o ‘tmay, yana yangi hujumlarga o ‘tadi.
Navoiy Husayn Boyqaroni o ‘g‘li bilan sulh tuzish-
ga qistadi. Inqillab qolgan chol ko‘ngach, shahzoda
qoshiga bordi. Butun obro‘si, butun mantiqi bilan uni
otaga, davlatga qarshi tig‘ ko‘tarishdan voz kechishga
majbur etdi. Qish va yoz tinchdek o ‘tdi. Lekin kuzda
boshqa o ‘g‘illar, boshqa-boshqa shaharlarda isyon
ko‘tarishdi. Abulmuhsin Mirzo Marvda, Abulma’sum
Mirzo Obivardda yong‘in ochdilar. Otga mina olmay-
digan chol ota o ‘z nuridiydalari bilan jang qilg‘ali

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin