Asr oshgan asarlar


yana qo‘shin tortdi. Lekin Astrobodda va o ‘zga vilo-



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   161
Navoiy romani. Oybek

yana qo‘shin tortdi. Lekin Astrobodda va o ‘zga vilo-
yatlarda isyon olovi burqib, lovullash uchun kuchsiz
bir yelni kutmoqda edi. Davlat mahkamalaridagi eski
yaralar tuzalmagan; amaldorlarning ko‘pi Majididdin-
ning haqiqiy shogirdlari, merosxo‘rlari edi. Ular elni
talardi. Podshoh bir-biri bilan va ota bilan taxt talash-
gan axloqsiz, buzuqi o ‘g‘illarining isyonini bosmoq
uchun katta mamlakatning bir burchidan ikkinchi
burchiga qo‘shin tortib, xazinani sovuradi. Hadeb
xalqdan mablag1 yig‘adi.
459


Navoiy butun umid-amallarining singanini sezdi.
Suyukli ona tuproq uning oyoqlarini olovdek uza
boshladi. Tarki vatan qilmoq, o‘zga diyorlarga bosh
olib ketmoq fikriga tushdi. Bu fikr asta-asta uning bu­
tun ruhini to‘ldirdi. U fikran, xayolan o ‘z yurtining sa-
mosi, go‘zal xiyobon va bog‘lari, san’at obidalari, uzoq-
da ko‘kni o ‘pgan tog‘lari bilan xayrlasha boshladi. Bu
narsa xuddi yurakni sug‘urib olganday, alambaxsh edi.
Lekin yuragini go‘zal, muazzam xayollaming endigi
siniqlari bilan to‘ldirishdan ko‘ra bu afzal edi.
0 ‘g‘li Abulmuhsin Mirzo bilan bir necha oydan
buyon jang qilayotgan Husayn Boyqaroga vatanni tark
etmoqqa qaror qilganligi haqida xat yozib, tabib
Abdulhaydan Marvga berib yubordi. So‘ng X o‘ja
Afzalga uzun noma yozdi. Davlat odamlarining
to ‘g‘ri-haqqoniy ishlashlari kerakligi, qonunni ham-
madan yuqori bilib, hammaga baravar tadbiq etishlari,
xalqqa qanday munosabatda bo‘lishlari, podshohdan
qo‘rqmay yoki unga xushomadgo‘ylik etmay, uning
xato va nuqsonlarini ochib berishlari zarurligini, juda
ko‘p siyosiy, axloqiy fikrlarini uqtirdi.

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin