Asr oshgan asarlar


benihoyat dahshatli va olamshumul natijalarga keladi



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   161
Navoiy romani. Oybek

benihoyat dahshatli va olamshumul natijalarga keladi.
Fikran asrlarning, davrlarning manzarasiga nazar tash-
lasangiz, tarix mantiqining ajoyib xulosalarini ko‘rasiz.
Qahramonlar, hukmdorlar, jahondorlarning umri
bo‘lgani kabi, davrlarning, davlat va saltanatlaming,
xonadon, sulolalaming ham umri bor; daryo-daryo
qon oqizib, muazzam tarix binosi yaratgan erlar,
nihoyat, bir tomchi qonning gunohiga g‘arq b o‘lib, na
o ‘zlaridan, na azamat tarixlaridan nom-nishon qolgan.
Buning misollarini bizning o ‘z tariximizdan ham top-
mog‘ingiz mumkin. Ular hammaga ham ma’lum.
Qo‘rqamenki, unday falokatlar qarshisida takror qol-
masak edik!
Shoir jim bo‘ldi. Uning hazin fikri ko‘zlaridagina
emas, keyingi vaqtlarda quyuqlashgan yuz ajinlarida,
oppoq soqolining tolalarida ham yonar edi. Navoiy-
ning mash’um bo‘rondan darak bergan, haqiqatning
butun achchiqligi, sovuqligi bilan aytgan so‘zlari,
go‘yo ko‘zi bog‘liq odamni tubsiz o ‘pqonning naq
labiga keltirib, birdan ko‘zini ochib yuborganlaridek,
ta’sir ko‘rsatgan edi.
— 
Har nechuk falokatni daf etmoqqa g‘ayrat qil-
moq kerak, — dedi Navoiy qat’iy, ishonchli ovoz
bilan, — muborak vatanning, el-ulusning salomatligi
uchun fidokorlik ko‘rsatmoq vazifamizdir. Sizdan tila-
gim shulki, bir-birimizga, davlatga, yurtga vafo, sado-
qat, muhabbat bilan bog‘lanaylik. Vafo va muhabbat
ulug‘ qudratdir. Bu qudrat bilan to‘la ko‘ngillar ha-
yotni nurlanturlar, ular falokat darvozalariga sad che-
kib, saodat darvozalarini ochurlar.
Bu so‘zlar, bo‘g‘iq nafaslarga varillab kirgan bahor
shamoliday, ta’sir qildi. Sultonmurod bu fikmi juda
qizg‘in va shavq bilan quwatladi. Vafo va muhabbat-

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin