Asr oshgan asarlar


ichib, goh bir zumgina sheriklariga qarar, mojaroning



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   161
Navoiy romani. Oybek

ichib, goh bir zumgina sheriklariga qarar, mojaroning
tafsilotidan biron gap aytib, yana osharkan, birov
Navoiyning chaqirayotganini xabar qildi. Arslonqul
uch-to‘rt qoshiqni ustma-ust ichib, o ‘midan turdi.
Ustki lab oroyishi enlikkina tarashlangan m o‘ylabini,
qop-qora, qisqa, dag‘al soqolini qudratli dast panja
bilan artdi-da, yirik, hapqat odimlar bilan jo ‘nadi.
Atrofdagi harakat va shovqinlarga tamom beparvo
kabi, o ‘z chodirida nimadir yozib o ‘tirgan chol dil-
dorlik bilan qarshiladi.
— Gapir, sendan qiziq ishlar sodir bo‘lmoqda, —
dedi Navoiy ulug‘vor kulimsirab.
Arslonqul sarguzashtning o ‘tkir, rangli tomonlarini
kamtarlik bilan yashirishga tirishib, oddiy bir voqeani
hikoya qilganday aytib berdi.
— Boshi qani? — so‘radi Navoiy.
Arslonqul ko'zlarini katta ochdi.
— Ishonmaysizmi? Oti, qilichi, kamari dalil bo‘la
olmaydimi? Boshi qursin...
— Ishonamiz... — dedi va kulib davom etdi
Navoiy. — Ammo senga uning boshi qadar oltin
in’om qilmoq kerak edi. Zolimning boshi uchun oltin
bermoq g‘oyat savobli ish.
477


— Bu tomoni hech bir xotiramga kelmabdi-da, —
chayqalib qo‘ydi Arslonqul.
— Boshqa jihatdan hissasini chiqaramiz, — dedi
Navoiy qat’iyat bilan. — Sen qolgan umringni sipohi-
likka baxsh et. Biz xoqonga arz etib, seni yuzboshi
yoki mingboshi tayin ettirurmiz. Sen xalq o ‘g‘lisen.
Inshoollo, xalqqa foydali ishlar qilursen, navkarlami
yaxshi parvarish etib, yurtning osoyishtaligiga g‘ayrat
va himmatingni aslo ayamassen. Bu ñkrimni ma’qul
toparsenmi?
— Otang bolasi bo‘lma, el bolasi bo‘l, deganlar.

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin