Asr oshgan asarlar


Bu ajoyib, bemisl kurashni tomosha qilg‘ali Fir-



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   161
Navoiy romani. Oybek

Bu ajoyib, bemisl kurashni tomosha qilg‘ali Fir-
davsiydan boshlab mavlono Jomiyga qadar hamma
ulug‘ fors shoirlari kelgan edilar. Har qaysilari o ‘z
obro‘larining yuksak poyasida yarqirab o ‘tirardilar.
Lekin ular tillarining kurashidan noxushlana boshladi-
lar: fors pahlavoni qay boyligi bilan chiranmasin,
o ‘zbek botiri uni qizartirib qo‘yadi!
Navoiyning qalam tutgan qo‘li toldi. U pahlavon-
laming kurashiga qiziqsinib, uzoq o ‘tirib qolganini
sezmadi. Keyin kurashning davomini ertaga qoldirib,
o'midan turdi. 0 ‘z pahlavonining qudratiga ishongan,
uni qat’iy g‘alaba bilan olqishlab, kurash maydonidan
qo‘llarida ko‘tarib, ardoqlagali kelgan ulug‘ azamat
fors shoirlari ranglari o ‘chgan, allanechuk bo‘shash-
gan bir holda ko‘zdan g'oyib bo‘ldilar. Ulaming
orasida faqat marhum mavlono Jomiy o ‘zbek
pahlavoniga ofarin o ‘qib, uning yelkasini qoqdi.
Navoiy o ‘rnidan turdi. Yuragida shodlik dengizi
chayqalardi: ona tilining g‘alabasi uning g‘alabasi,
uning suygan xalqining, tarixining g‘alabasi edi. Shoir
shamni o ‘chirdi. Hassani qo‘lga olib, yotoq uyga kir-
moq uchun, uvushgan oyoqlari bilan asta-asta yurib,
tashqari chiqdi. Salqin toza havo yuzlariga yoqimli
erdi. Cheksizlikda muazzam ohang bilan oqqan yul-
duzlaming nafasi, bog‘chadagi daraxtlaming shitir-
lashi, yarim kechada ip yigirgan jafokash kampir
charxining «g‘uv-g‘uvi», uzoqda karvon tevalari
qo‘ng‘irog‘ining vazmin ohangi — barchasi shoiming
ko‘ngliga bir xilda yaqin, tanish, ma’nodor tuyular,
barchasini u chuqur sevar edi...
0 ‘ttiz yettinchi bob
Izg‘irinli ochiq kunda ertalab Sultonmurod tamom
bitgan qalin og‘ir kitobni — «Jome ul-funun»'ni shohi

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin