Asr oshgan asarlar


tepasidagi tokchaga qo‘ydi. Keyin xastaning par yos-



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   161
Navoiy romani. Oybek

tepasidagi tokchaga qo‘ydi. Keyin xastaning par yos-
tiqqa botgan boshiga go‘yo sajda qilgan kabi, engash-
di. Hayhot! Butun flkr olamining ifodasi bilan
boquvchi dono ko‘zlar yumuq. Yuzda sezilar-sezilmas
iztirob. Sultonmurodning ko‘zlaridan qizg‘in buloq
toshdi. Uzoq tikildi: «Ulug‘ ustod, men qalamga
olgan kitobimni bitirdim!» — ko‘proq engashib, dard
bilan gapirdi olim. Xastaning ko‘zlari bir zumgina
majolsiz ochildi. Lablari qimirlab, nimadir so‘zladi.
Sultonmurod eshitmagan bo‘lsa ham, ko‘zlarining
485


ma’nosidan, lablarining harakatidan shoiming quvon-
ganini bildi.
X o‘ja Afzal olimga yaqinlashib, unga taskin berish-
ga tirishib, yupantiruvchi so‘zlar aytdi. Tabiblar oyoq
uchida dam eshikka chiqib, dam qaytib shivirlashib,
o ‘zaro kengashar edilar. Aksari yana qon olishni
maslahat berardi. Kasali sakta'ni davolash uchun eski
yunon tabiblari va Abu Ali ibn Sinodan tortib bu-
kungi tabiblar qo‘llaydigan har bir chorani ko‘rishga,
har bir doruni tayyorlab, tadbiq etishga g‘ayrat qil-
ishardi.
Sultonmurod tabiblarga kengash tariqida ba’zi
mulohazalarini so‘zlab, ularning ishiga xalaqit ber-
maslik uchun tashqari chiqdi; xonalardan biriga kirdi.
Bunda Osifiy, Suhayliy, Hofiz Yoriy, Mir Mirtoz,
G ‘iyosiddin Dehdor va hokazo shoir, olim, san’atkor-
lar namli, qizargan ko‘zlarini o ‘spirin Xondamirga
tikkan edilar. Sultonmurod bir chekkaga o ‘tirdi.
— Hoqon sohibqironning istiqboliga chiqqan
odamlar, — hikoya qilardi ko‘rganlarini Xondamir, —
Foryon rabotida qaror topdilar. Kechani bu yerda o ‘t-
kazdik. Tong otganda, Navoiy hazratlari rabot devor-

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin