Asr oshgan asarlar


ridan tomchilar yumalaydi. G o‘daklar favqulodda jid-



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə147/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   161
Navoiy romani. Oybek

ridan tomchilar yumalaydi. G o‘daklar favqulodda jid-
diylashgan. Ular sovuq havoda burunlaridan ko‘ra,
ko‘proq yeng uchi bilan ko'zlarini artadilar. 0 ‘z tari-
xida ne-ne ulug‘ zotlami ko‘mgan Hirot hech vaqt,
hech qaysi motamda, bukungi motamdagidek, qayg‘u
girdobida chirpinmagan.
«Unsiya»ning ichi lim-lim odam. Yuzlab olim,
yuzlab shoir, yuzlab san’atkor, shayxlar, sadrlar,
mansabdorlar, hunarmandlar, dehqonlar kirib, shoir
bilan vidolashar, ho‘ngrab-ho‘ngrab chiqardilar.
Ulardan keyin yana yangi to'lqin oqardi...
Darveshalini dard bukib qo‘ygan. Qadrdon mulo-
zimlar Shayx Bahlul, Sohib Doro, Mahmud Toybo-
diy va boshqalar esa hushdan ayrilganlar. Ayriliq,
muhabbat, ko‘z yoshi to‘g‘risida sayragan shoirlar bu
so‘zlarning haqiqiy, ulug‘ ma’nosiga endi yetganlar.
Mana, Behzod. Shoiming, o ‘z ustozining boshida
uning yig‘isi, o ‘lmas asarlari kabi, chuqur, ma’nodor.
Mana, kechagi sodda bahodir, do‘lvor yigit — bukun
ming navkaming boshlig‘i Arslonqul. U bulutday
o ‘kirib yig'laydi. Shoirlar bilan bir qatorda qahrli jan-
govar beklar yig‘laydi...
Erkaklardan bo‘shalgan xonaga ayollar kira boshla-
di. Yuzlab saroy xonimlari yig‘lab kelishdi. Bulardan
so‘ng kelgan yuzlab xalq ayollari — qizlar, kelinlar,
kampirlar — tim qora kiyinib, faryod bilan havoni zi-
rillatdilar.
Sultonmurod sokin, ulug‘vor yotgan ulug‘ o'likni
so‘ng dafa quchoqlab chiqarkan, dahlizda xotinlar
orasida Dildorga ko‘zi tushdi — timqora ko‘ylak, nozik
qoshlariga qadar tushgan timqora ro‘mol. Qora, shahlo
ko‘zlaridan duv-duv yosh quyuladi. Sultonmurod og‘ir
xo‘rsindi, go‘yo ichida bir olov tutaqdi: «Yig‘lang,

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin