Asr oshgan asarlar


ro‘molga o ‘rab, qo‘ltiqqa oldi-da, uydan chiqdi



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   161
Navoiy romani. Oybek

ro‘molga o ‘rab, qo‘ltiqqa oldi-da, uydan chiqdi.
1 Fanlar to'plam i.
4 8 4


Tafakkur bilan uyqusiz kechirilgan sanoqsiz tunlar-
ning mashaqqati, turli davrlarda, turli tillarda
minglarcha kitoblardagi odamzod fikrining yaratuvchi
aql bilan saralangan, mantiqning o ‘tkir tig‘i bilan
tarashlangan qiymatdor gavharlari bu qalin kitobda
edi. Sultonmurodning awalgi asarlari uning obro‘yiga
sabab bo‘lgan esa, bu — uning g‘ururi edi. Bu xazi-
nani haqiqiy xazinadorga, maslahati, ilhomi, moddiy
ta’minoti bilan ko'maklashgan Navoiyga taqdim
etmoq uchun olib bormoqda edi. Olim ishonch bilan
boshini ko‘targan, yuragida, bahor toshqinlariday,
kuylab oqqan shodlikning musiqiysi bilan yengillanib,
loy qotmagan y o ‘llarda go‘yo uchgandek ketardi.
«Unsiya»ga kirish bilan olim bu dargohning mulo-
zim va xizmatkor ahlining bo‘zday oqargan jonsiz
yuzlarini, egilgan qadlarini ko‘rib, oyoqlari yerga mix-
langandek, qotib qoldi. G o‘yo kimdir bu odamlami
o ‘lim jazosiga buyurgan: ular hozir hayotdan ko‘z
yummoq uchun o ‘z navbatlarini kutib turadilar!
— N e bo‘ldi? — so‘radi Sultonmurod anqayib.
Mir janoblari xasta yotibdilar, — majolsiz ovoz
bilan javob berdi bir xizmatkor.
Tubsiz bir o ‘pqinlikdan sakragandek, olimning
yuragi «shuv» etib ketdi. Navoiyning xonasiga yugur-
di. Katta xonada Hirotning tib ilmida nodir odamla-
ridan bo‘lgan o ‘ndan ortiq tabibni, Darveshalini, vazir
Xo‘ja Afzalni, yana shoiming ba’zi yaqinlarini ko‘rdi.
Xasta uyning to ‘rida to ‘shakda yotardi. Ustiga xitoyi
atlas ko‘rpa tashlangan.
Sultonmurod oyoq uchida yurib, kitobni shoirning

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin