Asr oshgan asarlar


Badiuzzamon maslahatlashmoq uchun Zulnun



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   161
Navoiy romani. Oybek

Badiuzzamon maslahatlashmoq uchun Zulnun
Arg‘un ham bir necha yaqinlarini olib, tashqari chiqib
ketdi. Navoiy shahzodaning shoiri bo‘lgan mavlono
Zamoniy bilan suhbatlashib o ‘tirdi. Mavlono Zamo-
niy so‘z orasida sobiq qozi Shahobiddin haqida gapir-
di. 0 ‘zini Badiuzzamon tarafdori ko‘rsatib, bu yerga
qochib kelgan va shahzoda tomonidan katta iltifot
ko‘rgan qozi, aslida, Muzaffar Mirzoning josusi ekani
ham kuni kecha yashirin hujjatlar bilan qo‘lga tush-
gani, bukun erta bilan dorga osilgani haqida gapirdi.
Navoiy jinoyatkorlarning taqdiri hamisha razil, shar-
manda, mash’um bir ravishda bitajagini katta ishonch
bilan bayon qildi.
481


Badiuzzamon kirib, sulh shartlarini qabul etganini
bildirdi. Bu kundan boshlab har qanday dushmanlik
harakatlaridan voz kechishini shoirga qat’iy va’da etdi.
Ziyofatdan keyin shartnoma tuzilib, imzo chekildi.
Ikkinchi kun erta bilan Badiuzzamon o ‘z lashkari-
ni ko‘chirishga boshlarkan, Navoiy Husayn Boyqaro
qarorgohiga sulh olib keldi. Sulh xabari bu yerda ham-
maning yuragini favqulodda quvonch bilan to‘ldirdi.
Kechga yaqin shoir Hirotga kirdi. Y o‘l-yo‘lakay
butun xalq uni tabriklab, o ‘z muhabbati va minnat-
dorligini namoyish etdi.
Mana, «Unsiya». She’r va fikr o ‘chog‘i. Olimlar,
shoirlar, rassomlar, naqqoshlar, cholg‘uchilarning
ilhom bulog‘i... Hirotning, butun Xurosonning,
Movarounnahming ko‘rki, iftixori, qalbi va vijdoni.
Yana do‘stlar, yaqinlar kelishib, shoiming muhabbati
bilan ruhlarini gullatib ketdilar.
Osmonning tiniq zangorisida to ‘lin oy nur o ‘tovini
tikkan. Sanoqsiz yulduzlaming muazzam, ulug'vor

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin