Avtopoyezd — ulagich moslamalari bilan ulangan egarli shatakka oluvchi va yarim tirkama yoki yuk avtomobili va tirkama (tirkamalar)dan iborat transport vositasi tarkibi yo’l harakati xavfsizligi



Yüklə 44,12 Kb.
səhifə2/8
tarix07.01.2024
ölçüsü44,12 Kb.
#208543
1   2   3   4   5   6   7   8
avtomagistral

majburiy to’xtash — texnik nuqson, tashilayotgan yuk, haydovchi va yo’lovchining holati, yo’ldagi biror to’siq tufayli xavf yuzaga kelganda yoxud ob-havo sharoitiga bog’liq holda transport vositasi harakatini to’xtatish. Haydovchining ushbu xatti-harakati oxirgi zarur chora bo’lib, qoidabuzarlik deb e’tirof etilmaydi;
asosiy yo’l — tuproqli yoki shag’alli yo’lga nisbatan qattiq qoplamali (asfalt, sement-betonli va shunga o’xshashlar yotqizilgan), kesishayotgan yoki tutashgan yo’lga nisbatan 2.1, 2.3.1 — 2.3.3 yoki 5.1 yo’l belgilari bilan belgilangan yoxud yondosh hududdan chiqadigan yo’lga nisbatan har qanday yo’l. Ikkinchi darajali yo’lning bevosita chorrahaga tutash qismining qoplamali bo’lishi uni asosiy yo’l bilan teng huquqli qilmaydi;
arava — otga (yoki boshqa hayvonlarga) qo’shib tortiladigan yoki odam mushak kuchi bilan harakatga keltiriladigan dvigatel bilan jihozlanmagan, yuk tashishga mo’ljallangan qurilma;
yo’l — transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi uchun qurilgan yoki moslashtirilgan va foydalaniladigan yer polosasi yoxud sun’iy inshoot yuzasi. Yo’l avtomobil yo’llarini, shahar elektr transporti yo’llarini yo’lkalarni va trotuarlarni o’z ichiga oladi;
yo’l-transport hodisasi — transport vositasining yo’lda harakatlanish jarayonida ro’y bergan, fuqarolarning halok bo’lishiga yoki sog’lig’iga zarar yetishiga, transport vositalari, inshootlar, yuklarning shikastlanishi yoxud boshqa moddiy zarar yetishiga sabab bo’lgan hodisa;
yo’l harakati — odam va yuklarni transport vositalari yordamida yoki bunday vositalarsiz yo’llar doirasida tashish yoxud yo’l harakati qatnashchilarining yo’llarda harakatlanishi jarayonida yuzaga keluvchi munosabatlar majmui;
temir yo’l kesishmasi — yo’lning temir yo’llar bilan bir sathda kesishgan joyi;
yo’nalishli transport vositasi — belgilangan yo’nalishi va bekatlari bo’lgan, yo’lovchi tashish uchun mo’ljallangan umumiy foydalanishdagi transport vositalari (trolleybus, tramvay, avtobus, yo’nalishli taksi);

Yüklə 44,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin