Avtopoyezd — ulagich moslamalari bilan ulangan egarli shatakka oluvchi va yarim tirkama yoki yuk avtomobili va tirkama (tirkamalar)dan iborat transport vositasi tarkibi yo’l harakati xavfsizligi



Yüklə 44,12 Kb.
səhifə6/8
tarix07.01.2024
ölçüsü44,12 Kb.
#208543
1   2   3   4   5   6   7   8
avtomagistral

tartibga soluvchi — O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo’l harakati xavfsizligi xizmatining (keyingi o’rinlarda — DYHXX), harbiy avtomobil nazorati organlari xodimi, o’z xizmat vazifalarini bajarayotgan, ushbu Qoidalarda ko’zda tutilgan ishoralar yordamida yo’l harakatini tartibga solish vakolatiga ega bo’lgan va uni bevosita amalga oshirayotgan yo’ldan foydalanish xizmati xodimlari, temir yo’l kesishmasi va sol kechuvlaridagi navbatchilar hamda jamoatchilik vakillari. Tartibga soluvchi maxsus kiyim va (yoki) taniqlik belgisi (qo’l bog’ichi, jezl, qizil ishorali yorug’lik qaytargich, qizil chiroq yoki bayroqcha)ga ega bo’lishi shart;
trotuar — qatnov qismiga tutashgan yoki undan maysazor, ariq, maxsus to’siqlar bilan ajratilgan va piyodalarning harakatlanishi uchun mo’ljallangan yo’l qismi;
tirkama — mexanik transport vositasi tarkibida harakatlanishga mo’ljallangan va dvigatel bilan jihozlanmagan transport vositasi. Ushbu atama yarim tirkama va uzaytiriladigan tirkamalarga ham taalluqlidir;
foto va video qayd etish — yo’l harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video texnik vositalari, shuningdek, videokuzatuv va tasvirga olish texnika vositalari hamda mobil qurilmalar yordamida qayd etish;
xavfli yuk — o’ziga xos xossalari va xususiyatlari tufayli muayyan omillar mavjud bo’lgan taqdirda tashish, yuk ortish-tushirish ishlari jarayonida tashilayotgan yuklar, texnika vositalari, qurilmalar, bino va inshootlar, boshqa obyektlarning portlashi, yonishi yoki shikastlanishiga, shuningdek odamlar hayoti va sog’lig’iga, atrof muhitga zarar yetkazilishiga sabab bo’lishi mumkin bo’lgan moddalar, materiallar, buyumlar, chiqindilar;
xavfsizlik orolchasi — harakatlanish tasmalarini (shu jumladan velosipedchilar tasmalarini) ajratuvchi, konstruksiyasiga ko’ra qatnov qismi ustiga bordyur toshlari bilan ko’tarilgan yoki harakatni tashkil etish texnik vositalari bilan belgilangan qatnov qismidan o’tayotgan piyodalar, talab qilingan holda to’xtab o’tishlari uchun mo’ljallangan yo’l qurilmasi. Ajratuvchi mintaqa oralig’idan o’tkazilgan piyodalar o’tish joyi ham xavfsizlik orolchasi hisoblanadi. Ikki tomonlama harakatlanishli yo’llarda qarama — qarshi yo’nalishlarni ajratuvchi xavfsizlik orolchalarini o’ng tomondan aylanib o’tiladi;

Yüklə 44,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin