Avtopoyezd — ulagich moslamalari bilan ulangan egarli shatakka oluvchi va yarim tirkama yoki yuk avtomobili va tirkama (tirkamalar)dan iborat transport vositasi tarkibi yo’l harakati xavfsizligi



Yüklə 44,12 Kb.
səhifə3/8
tarix07.01.2024
ölçüsü44,12 Kb.
#208543
1   2   3   4   5   6   7   8
avtomagistral

mexanik transport vositasi — dvigatel bilan harakatga keltiriladigan transport vositasi (mopeddan tashqari). Bu atama barcha traktor va o’zi yurar moslamalarga ham taalluqlidir;
moped — eng yuqori konstruktiv tezligi soatiga 50 kilometrdan, ish hajmi 50 sm3 dan oshmaydigan ichki yonuv dvigateliga ega bo’lgan yoki nominal (belgilangan) quvvati 0,25 kilovattdan ortiq va 4 kilovattdan kam bo’lgan elektr dvigatelli ikki yoki uch g’ildirakli transport vositasi. Xuddi shunday tavsiflarga ega bo’lgan kvadritsikl (kvadrotsikl), tritsikl, skuter hamda yo’lning qatnov qismida harakatlanishiga moslashtirilgan boshqa mexanik moslamalar ham mopedlarga tenglashtiriladi;
mototsikl — dvigatelining ish hajmi 50 sm3dan (ichki yonuv dvigateli bo’lganda) va har qanaqa dvigatelda eng yuqori konstruktiv tezligi soatiga 50 kilometrdan oshadigan ikki g’ildirakli va yon tirkamali (kajavali) yoki yon tirkamasiz mexanik transport vositasi.
Tritsikllar, shuningdek, ruxsat etilgan to’liq vazni 400 kilogrammdan (yuk tashish uchun mo’ljallangan transport vositalari uchun 550 kilogrammdan) oshmaydigan, mototsiklga o’xshash o’rindiqqa va rulga ega bo’lgan va dvigatelining eng yuqori quvvati 15 kilovattdan oshmaydigan kvadritsikl (kvadrotsikl) hamda boshqa mexanik moslamalar ham mototsikllarga tenglashtiriladi;
aholi punkti — kirish va chiqish yo’llari 5.22 — 5.25 yo’l belgilari bilan belgilangan hudud;
yetarlicha ko’rinmaslik — yomg’ir, qor yog’ishi, tuman tushishi va shunga o’xshash sharoitlarda, shuningdek, kunning g’ira-shira vaqtida yo’lning ko’rinish masofasi 300 metrdan kam bo’lishi;
quvib o’tish — bir yoki bir nechta transport vositalarini qarama-qarshi yo’nalishda harakatlanish uchun mo’ljallangan tasmaga chiqib, so’ngra ilgari egallagan qatoriga qaytib o’tish bilan bog’liq bo’lgan o’zib ketish;
qayta tizilish — dastlabki harakat yo’nalishini saqlagan holda o’z harakatlanish tasmasidan boshqa harakatlanish qatoriga o’tish;

Yüklə 44,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin