32 Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida rivojlantiruvchi muhitni tashkil etish tamoyillari



Yüklə 86,47 Kb.
səhifə3/6
tarix29.11.2022
ölçüsü86,47 Kb.
#71212
1   2   3   4   5   6
Microsoft Word Document

Multimedia–bu bir necha ma’lumotlarni taqdim etish vositalarining bir tizimga birlashishi. Odatda multimedia deganda matn, ovoz, grafika, multiplikatsiya, videotasvir va fazoviy modellashtirish kabi ma’lumot taqdim etish vositalarining kompyuter tizimidagi birlashishi tushuniladi.

  1. Qanday multimediali o‘rgatuvchi dasturlarda ishlagansiz, uning imkoniyatlarini aytib bering!


  2. Multimediali ilovalarni yaratadigan qanday kompyuter dasturlarini bilasiz, ularning imkoniyatlarini tushuntirib bering!




Multimediali ilovalar bilan ishlovchi dasturlar ko‘pmodallidir, ya’ni ular bir necha sezgi organlariga bir vaqtda ta’sir qilgani uchun auditoriyaning qiziqishi va e’tiborini tortadi
Multimedia ilova mazmuni muallif tomonidan ssenariy tayyorlash paytida atroflicha o‘ylanadi va texnologik ssenariyni ishlab chiqishda aniqlashtiriladi.
Ta’limiy ma’lumot taqdim etishning an’anaviy shakli –matn va statik grafika ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lsa, multimediadan foydalanish tajribasi yillar bilan o‘lchanadi.
Multimedia
ilovalari quyidagi turlarga bo‘linadi:
prezentatsiyalar;
animatsion roliklar;
o‘yinlar;
• videoilovalar;
•multimediali galeriyalar;
• audioilovalar;
• web uchun ilovalar va h.k.lar.
Multimedia (lotincha — koʻp va — vositachi boʻlmoq) — kompyuterning matn, grafik, tovushli va videomaʼlumotlar bilan ishlashga imkon beruvchi qurilmasi. Ana shunday qurilma oʻrnatilgan kompyuter multimedia kompyuter deyiladi. Hozirda deyarli barcha kompyuterlar multimedia qurilmalar bilan taʼminlangan. Bularga SE-KOM, SE-K\U kompakt disklarini oʻqiydigan disk yurituvchi qurilmalar, tovush platalari, videokartalar va boshqalar kiradi. Keyingi vaqtlarda multimedia qurilmalar standartiga grafik tezlatgichlar va katta hajmli universal kompakt disklar ham qoʻshildi.

29 Tajriba va eksperimentlar o`tkazish metodikasi.
Professor A.F.Lazurskiy (1874-1917) tomonidan eksperimental metodning alohida turi - tabiiy eksperimental metod 1910-yilda ishlab chiqilgan. Eksperimentning bu turidan bizda bolalar psixologiyasini o'rganishda, pedagogika masalalarini, ayniqsa, ta’lim psixologiyasi masalalarini ishlab chiqishda keng va unumli foydalanilmoqda. Eksperimental metodning tadbiq qilinishi psixologiya fani taraqqiyotiga juda unumli ta’sir ko‘rsatdi. Bu metod yordamida oddiy kuzatish va o‘z-o‘zini kuzatish yo‘li bilan aniqlash qiyin boMgan yoki butunlay mumkin boMmagan ko‘p ma’lumotlar aniqlandi, ayrim psixik hodisalar o'rtasidagi bogManishlar aniqlangan, psixik jarayonlardagi, ayniqsa, sezgilar, idrok, diqqat, xotira sohasidagi ba’zi bir qonuniyatlar ochilgan. Eksperimental analiz yoMi bilan murakkab psixik jarayonlar (idrok, xotira, tafakkur)ning alohida, tarkibiy qismlari ajratilgan, psixik jarayonning fiziologik hodisalar bilan, shuningdek tashqi fizik muhit hamda ijtimoiy muhit bilan boMgan bogManishlari ochilgan. Eksperimental tekshirishiaming yakunlari, shuningdek, eksperimental metodning usullaridan foydalanishda amaliy faoliyatning turli sohalarida - o'quv tarbiya ishlarida, tibbiyotda, mehnatni tashkil qilish vu ratsionalizatsiyalashda, sud ishlarida, san’atda juda ko‘p foyda keltirdi. Shuuday qilib, eksperimental psixologiya - eksperimental metodlar vositasida psixik hodisalami tadqiq qilishning umumiy nomlanishidir. XIX asrning oxiri XX asming boshlarida o'zining tadqiqotlari bilan psixologiya sohasiga ulkan hissa qo'shgan deyarli barcha psixologlar eksperimentatorlar bo'lishgan. Bugungi kunda esa eksperimental psixologiyaning rivojlanishi ancha tezlashib, yangiyangi sohalar tadqiq qilinmoqda. Psixologik metodlarning rivojlanishi va kengayishi bilan birga u o'zicha boshqa bir qator ilm sohasiga oid metodlar bilan ham chambarchas bog'liq: neyrofiziologiya, biologiya, siyosatshunoslik va boshqalar. Eksperimental psixologiyani o'rganishdan maqsad psixika rivojlanishining individual va yosh xususiyatlarini bilgan holda ularni obyektiv metod va usullar bilan o'rganishdan iborat. Eksperimental psixologik tadqiqotlar psixodiagnostik tadqiqotlardan tubdan farq qiladi. Psixodiagnostik tadqiqotda aniq individ yoki individlar guruhi haqida ma’lumot olinadi, eksperimental tadqiqotda nazariy faraz tekshiriladi.


    1. 40 Syujet-rolli о`yinlar va dramalashtirish” markazi faoliyati haqida ma`lumot bering.

  • Syujetli - rolli o'yinlar va sahnalashtirish markazi uchun ko'rgazmalar tayyorlash.

  • Guruhlarda xonalarni syujetli rolli o'yinlar va sahnalashtirish markaziga mos holda jihozlash yo'riqnomasi:

  • 1. Shirma

  • 2. Marionetka-qo'g'irchoqlar (ipda o'ynatadigan)

  • 3. Qo'lqopli, barmoqli, tayoqchali, soya teatr ertak kaxramonlari

  • 4. Ertak qaxramonlari liboslari

  • 5. Niqoblari

  • 6. Uycha maketi

  • 7. Mazmunli o'yinchoqlar

  • 8. Rejissyorlik o'yinlari uchun qaxramonlar (odamchalar, askarlar, multfilm personajlari)

  • 9. Sahna uchun jixozlar (turli daraxtlar, tandir maketi va xokazo)

  • Syujetli-rolli o'yinlar va sahnalashtirish markazlari bolalar iqtidorini namoyon bo'lishi, o'z mahoratini ko'rsatishi uchun juda qulay muhitdir. Bu markazni - bolaning "Men"ini shakllantiruvchi markaz deb ham atash mumkin. Markazdagi barcha jihozlar bolalar hayotida uchraydigan jihozlar bo'lib, o'yin jarayonida bola ulardan foydalanishni o'rganadi, kasblar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo'ladi. O'yinda oila a'zolarining o'zaro munosabatlari aks etadi va ular orqali ahloqiy tarbiya olish (tarbiyachi uchun esa oiladagi muhitni o'rganish) imkoni yaratiladi. Syujetli-rolli o'yinlar mazmunining o'ziga xosligi uning eng muhim xususiyatlaridan xisoblanadi. Mashhur pedagog va psixologlardan D.B.Elkonin, D.V. Mendjeritskiy, P.E.Samorukova va boshqalarning fikricha, syujetli-rolli o'yinlar kattalarning ijtimoiy hayotidagi rang-barang xatti-harakatlari, ko'rinishlari - bolalar o'yinlarining asosiy mazmuni bo'lib xizmat qilib, kattalar ijtimoiy hayotining namunasini oladigan faoliyat turidir.



36 Rivojlanish markazlarining bola rivojlanishidagi ahamiyatini yoriting
bolaga qanday tarbiya berish va qachondan boshlab uni tarbiyalash kerak? - degan savolga e'tibor qaratishimiz lozim. Har bir shaxs oilada tug'ilib, ijtimoiy hayotga mana shu o'z koshonasi orqali kirib boradi va hamma tarbiya shu oiladan boshlanadi. Demak, bu fikrdan kelib chiqib, biz bolaga tarbiya berishni nafaqat tug'ilgandan so'ng, balkim ona qornidaligidayoq berib borishimiz masadga muvofiq bo'ladi. Bizning bunday usulda beradigan tarbiyamiz bolani rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bola tug'ilgan zahotiyoq atrof muhitga bo'lgan moslashish hissi uyg'onadi. Asta-sekin ulg'aya boshlagach, har bir narsani farqlaydigan va ko'rgan narsalariga taqlidchan bo'lib voyaga yetadi. Bola tarbiyasi, uning yetuk va barkamol bo'lib tarbiyalanishi onalar uchun eng muhim vazifadir. O'ylaymanki, har bir onalar bunday mas'uliyatli ishga bor kuchlari bilan kirishadilar. Har bir ona bolalarga tarbiya berayotganlarida o'z shaxsiy tarbiya vositalaridan va usullaridan foydalanishi kerak. Hozirgi jamiyatda ayrim onalar umuman olib qaraganda bolaning oila a'zolari tomonidan amalga oshirilayotgan eng katta xatolaridan biri, ularning faqatgina bola ''Maktabgacha ta'lim tashkilotlari''ga borgandagina, shu muassasa tarbiychilari tomonidan tarbiya va ta'lim beriladi deb o'ylashlaridir. Biz onalar tomonidan tor doirada o'ylanayotgan bunday fikrlarga hozirgi davrda aynan qarshi chiqmasdan ilojimiz yo'q. Chunki, vatanimizning har tomonlama rivojlanishi shu murg'ak qalbli o'sib kelayotgan bolalar qo'lidadir. Bolaga tug'ilgandan boshlab ta'lim-tarbiya berish usullari Masaru Ibukaning "Uchdan keyin kech"nomli kitobida o'z aksini topgan. U kitobda bolani har tomonlama rivojlantirish, barkamol qilib tarbiyalash va albatta jamiyatda o'z o'rnini topa olishi uchun eng avvalo, ota-onalar va so'ngra, tarbiyachilar tomonidan amalga oshiriladigan ishlar haqida yaqqol fikrlar bildirilgan. Bola ta'lim-tarbiyasining rivojlanishida turli xil omillar ta'sir ko'rsatadi. 

Yüklə 86,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin