Bababoyeva dilafruzning umumiy, tabiiy geografiya fanidan mustaqil ishi


Mirzo Ulug’bek bobomizning geografiya faniga qo’shgan hissasi



Yüklə 41,03 Kb.
səhifə3/3
tarix07.11.2022
ölçüsü41,03 Kb.
#67894
1   2   3
Dilafruz mustaqil ish

Mirzo Ulug’bek bobomizning geografiya faniga qo’shgan hissasi

Buyuk olim va davlat arbobi, temuriylar sulolasining yorqin namoyandasi Mirzo Ulug`bekning nomi dunyo fani sahifalariga zarhal harflar bilan bitilgan. Uning astronomiya, matematika, geometriya, geogra­fiya va boshqa qator fanlar rivojiga qo`shgan o`lkan hissasi, O`rta asrlarda amalga oshirgan hisob-kitoblarining aniqligi hozirgi zamon ilm ahlini hamon lol qoldirib kelmoqda.
Mirzo Ulug`bekning nomi butun dunyoga buyuk mutafakkir sifatida ma’lum. Ammo u dastlab, bobosi Amir Temurga va so`ng otasi Shohruxga turli yurishlarda hamroh bo`lgan. Movarounnahr hukmdori bo`lgach, keyinchalik o`zi ham mamlakatning turli qismlarini kezgan. Safarlari davomida ko`rganlarini o`zining ilmiy faoliyatida keng qo`llagan. Shuning uchun Ulug`bekni sayyoh-olimlar qatoriga kiritishimiz mumkin.
Mirzo Ulug`bek (to`liq ismi sharifi - Mirzo Muhammad ibn Shohrux ibn Temur Ulug`bek Ko`ragon) 1394-yil 22-martda Amir Temurning harbiy yurishlari chog`ida Eron Ozarbayjonidagi Sultoniya shahrida dunyoga kelgan. Amir Temur suyukli nabirasining tarbiyasini katta rafiqasi Saroymulkxonimga topshiradi va ana shundan keyingi 11 yil davomida berilgan tarbiya Mirzo Ulug`bekning buyuk inson bo`lib shakllanishida katta rol o`ynagan.
1409-yilda Temurzoda Shohrux o`g`li Ulug`bekni Samarqand hokimi etib tayinlagan va 1411-yildan boshlab esa Mirzo Ulug`bek butun Movarounnahr boshqaruvini qo`lga olib, Samarqandni ilm- fan markaziga aylantirdi.
Ulug`bekning yozib qoldirgan asarlarida bir qator geografik ma’lumotlar ham mavjud. «Ziji jadidi Ko`ragoniy»dagi jadvallarda dunyodagi 683 ta aholi punktining geografik koordinatlari haqidagi ma’lumotlar keltirilgan. Jumladan, Ulug`bekning yozishicha, u yaratgan rasadxona 39°37’28" geografik kenglikda joylashgan. Hozirgi vaqtdagi o`lchashlar shundan dalolat beradiki, ushbu inshootning joylashgan o`rni 39°40’37" geografik kenglikka to`g`ri keladi. Agar O`rta asrlardagi kuzatish uskunalari va uslublarini hisobga oladigan bo`lsak, Ulug`bek amalga oshirgan ulchash natijalarini juda aniq, deb e’tirof etish mumkin.
Bundan tashqari, Samarqandlik tarixchi olim Mutrubi Samarqandiyning 1605-yilda yozilgan «Tazkirat ush-shuaro» asarida Ulug`bek tomonidan yaratilgan Sharqiy yarimsharning xaritasi o`rin olgan. Muallifning yozishicha, ushbu noyob xarita Samarqanddagi Ulug`bek madrasasi devoridagi xaritaning kichraytirilgan nusxasi. Unda Sharqiy yarimshar yarim aylana tarzida, o`ziga xos iqlimga ega bo`lgan yetti mintaqaga bo`lingan, daryolar va dengizlar turli ranglarda belgilangan. Xaritada Misr, Basra, Multon, Xo`jand, Buxo­ro, Xazorasp, Xorazm, Qashqar, Sayhun, Sinh va boshqa bir qator joy nomlari ko`rsatilgan.
Mutrubi Samarqandiyning ma’lumotiga ko`ra, Samarqanddagi Ulug`bek madrasasida toliblar diniy bilimlar bilan bir qatorda adabiyot, metafizika, arif­metika, geografiya va boshqa dunyoviy fanlarni ham o`rganishgan. Muallifning yozishicha, geografiya fani ayni Ulug`bek tuzgan xarita yordamida o`rganilgan.
Mirzo Ulug`bek yaratgan Samarqand astronomiya maktabining ushbu fan rivojiga qo`shgan o`lkan hissasi dunyo olimlari tomonidan keng tan olingan. «Ziji jadi­di Ko`ragoniy» asari XVII asrda Oksfordda ingliz tiliga va keyinchalik bir qancha sharhlar bilan dunyoning boshqa tillariga ham tarjima qilingan. 1648-yilda astronom Yan Gaveliy tomonidan Polshada chop etilgan «Yo`lduzli osmon katalogi»ga dunyo astronomlarining ramziy yigilishini tasvirlovchi gravyura ilova qilingan bo`lib, undan dunyoning mashhur olimlari qatoridan Ulug`bek ham o`rin olgan. «Ziji jadidi Ko`ragoniy»da keltirilgan yo`lduzlar jadvali uzoq vaqt davomida dunyodagi eng yaxshi qo`llanma sifatida foydalanib kelindi va hozirgi vaqtda ham u o`zining ilmiy-tarixiy ahamiyatini yo`qotgan emas.
Mirzo Ulug`bekni haqli ravishda yo`lduzlar ilmining sultoni, deb atash mumkin. Olimga cheksiz hurmat hosilasi sifatida mamlakatimizning qator shaharlarida va hatto, chet mamlakatlarda ham haykallar o`rnatilgan. Dunyo faniga qo`shgan katta hissasiga ehtirom sifatida Mirzo Ulug`bekning nomi fazoda ham abadiylashtirilgan. Jumladan, XIX asrda yashab ijod qilgan nemis astronomi Io­gann Genrix fon Medler o`zi ochgan Oydagi kraterni Mirzo Ulug`bek nomi bilan atagan.
Mirzo Muhammad ibn Shohruh ibn Temur Ulug’bek Qo’rag’oniy (1394-1449) - buyuk astronom va matematik, o’z davrining atoqli allomasi, davlat arbobi, Movaraunnahrni 1441-1449 yillar boshqargan, mashhur hukmdor va sohibqiron Amir Temurning nabirasi.
Ulug’bek (Muhammad Tarag’ay) 1394 yil 22 mart kuni hozirgi Ozarbayjon hududidagi Sultoniya shahrida tavallud topgan.

Ulug’bek o’z ma’lumotlarini bir necha bor tekshirib, uning sonlarini to’g’ri, degan xulosaga keladi. 1437 yil u astronomik yil uzunligini aniqlaydi: 365 kun 6 soat 10 daqiqa 8 soniya. Keyinroq o’zgarishlar farqi 58 soniyada ekanligi aniq bo’lgan. Agar astronomik yil uzunligi 31 million 558 ming 150 soniya ekanligini inobatga olsa, Ulug’bek o’z o’lchamlarini naqadar yuqori aniqlikda olib borganligiga amin bo’lish mumkin.


Ulug’bekning asosiy ilmiy mehnati “Zidjiy jadidi Ko’rag’oniy” hisoblanadi yoki “Gurgonning yangi astronomiy jadvali” deb nomlanadi. Muallif ushbu asarni 1444 yil, o’ttiz yillik tirishqoqlik va astronomik kuzatuvlardan so’ng yakunlagan. Astronomik ma’lumotnoma tez orada, Klavdiya Ptolemeyning “Almagest” hamda butun Ovrupa rasadxonalarida qo’llanma hisoblangan kastiliya qiroli Alfons XVning astronomik jadvali bilan bir vaqtda lotin tiliga o’girilgan.
Mazkur jadvallarning aniqligi avvalroq Sharqda hamda Ovrupada erishilgan yutuqlardan ilgarilagan. XVII asrga kelibgina, Tixo Brag samarqandlik kuzatuvlarga teng keladigan aniqlikka muvaffaq bo’lib, keyinroq, undan ham aniqroq natijaga erishgan. “Ulug’bekning Zidji” Sharqda bo’lgani kabi, Ovrupa astronomlarining diqqatini o’ziga tortganligining hayratlanarli yeri yo’q.
“Ulug’bekning Zidji” to’rt yirik qilsmdan iborat. Xronologiya nomini olgan birinchi qismida turli Sharq xalqlari tomonidan qabul qilingan xronologik usullar bayon etilgan. Ikkinchi qismida amaliy astronomiya masalalari ifodalangan, uchinchisi — dunyoning geomarkaziy tizimi asosida ko’zga ko’rinarli yulduzlar harakati haqida ma’lumot bersa, to’rtinchisi astrologiyaga bag’ishlanadi — o’rta asrlar dunyoqarashi fanining muqarrar taqdiri.
Ulug’bek hisoblab chiqqan 1018 yulduz turkumi qadimiy xronogiyani o’rganuvchi astronomlar va tarixshunoslar uchun kompas vazifasini o’taydi. Ulug’bekning yulduzlar jadvali “Almagest”da keltirilgan Ptolomeyning yulduzlar xaritasining haqiqiyligini tasdiqlaydi.
Yüklə 41,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin