Berilgan. Yozuvning har xil turlari yozuvning rivojlanish bosqichlarida tahlil qilinadi



Yüklə 394,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix26.08.2023
ölçüsü394,69 Kb.
#140657
1   2   3   4   5   6   7   8   9
66 B.Musayev 474-482

 
KIRISH 
Har qanday kishilik jamiyatida insonlar o‘zlarining ma’lum bir ehtiyojlarini 
qondirish maqsadida biror bir narsani o‘zlari yaratishga majbur bo‘lishadi. Qadimda 
ham ana shu ehtiyoj tufayli yozuv paydo bo‘lgan. O‘sha davrlarda insonlar biror 
narsani eslab qolmoqchi bo‘lganlarida biror bir predmet orqali eslab qolishgan. 
Ularning asosiy vositasi xotira bo‘lgan. Misol uchun, qarama-qarshi qabila 
vakillarining ketma-ket trubka chekishi tinchlik timsolini berib, ular bu ishoralar 
orqali o‘z avlodlariga yozma emas og‘zaki ya‘ni shunchaki imo ishoralar orqali o‘z 
meroslarini qoldirishgan. Bunga yana boshqa misollar ham bo‘lgan. O`qish va tozish 
hozirgi kunda shunchalik odat tusiga kirib qolganki, go`yoki til va yozuv bir umr 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 11 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
475 
w
www.oriens.uz
November
2022
 
birga bo`lgandek ko`rinadi. Lekin yozuvning paydo bo‘lishi tilning paydo 
bo‘lishichalik uzoq o‘tmishga ega emas. Olimlarning ta‘kidlashicha, yozuvning tarixi 
taxminan o‘n-o‘n besh yildan ko‘p emas. Ba‘zi tillarning esa haligacha o‘z yozuvi 
yo‘q. Masalan, Amerika qit‘asining ba‘zi mahalliy aholilarida
1
.
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Yozuv paydo bo‘lganidan beri bizga misli ko‘rilmagan imkoniyatlarni ochib 
bergan. Uni taraqqiyotning kashfiyotchisi desak ham bo‘ladi. Negaki, agar bizda 
yozuv bo‘lmaganda edi, ajdodlarimiz yaratgan meroslari bizgacha yetib kelmagan va 
biz ulardan foydalana olmagan bo‘lardik. Yozuv insoniyat hayotida juda katta rol 
o‘ynaydi. Dunyoning har qanday burchagida, har qanday sohada bo‘lsin, yozuv 
doimo foydalanilib kelmoqda. Yozuv axborot almashinuv jarayonida ham o`zining 
beqiyos hissasini ko`rsatmoqda. Agar yozuv bo‘lmaganda bilasizmi qanday katta 
fojia yuz berardi, agar u bo‘lmaganda biz buyuk allomalarimizning buyuk asarlaridan, 
ko‘ngilga xush yoquvchi satrlaridan va hikmatli so‘zlaridan bahramand bo‘lolmagan 
bo‘lardik. Bu juda ham tassavur qilib bo‘lmas holat, albatta. Yana shuningdek, biz 
yozuv tufayli tildagi turli xil fonetik va gramatik o`zgarishlardan xabardormiz.
Negaki insoniyat yozuv tufayli juda katta ishlarga qodir bo`lyapti, ayniqsa, hozirgi 
kunda. Yozuvsiz hayotni tasavvur qilish biroz qiyin, albatta. 
Yozuv asrlar osha rivojlanib turli xil bosqichlardan o`tib kelmoqda. Olimlar 
yozuvning paydo bo`lishi va ahamiyati to`g`risida turli xil asarlar yozishgan. Masalan, 
Abu Nasr Forobiy Aristotelning “Ritorika” asariga yozgan sharhida yozuv tizimi
uslubiyat haqidagi fikrlarida o`z ifodasini topgan. U tilshunoslikning mundarijasini
olti bo`limdan iborat deb hisoblab, beshinchisini “yozuv qonunlari va to`g`ri talaffuz 
(orfoepiya) haqidagi fan” ekanligini ta`kidlagan. Bundan tashqari olim “Kitob fi 
sanoat al-kitoba” (“Yozuv san`ati haqida kitob”), nomli asar yozgan. Abu Rayhon 
Beruniy tilshunoslikning juda ko`p masalalari bilan birgalikda yozuv haqida ham 
atroflicha fikr yuritadi.
2
Shuningdek, yozuv o`zining taraqqiyotida turli xil bosqichlarni bosib o`tgan.
Dastlab yozuv bo`lmagan davrlarda insonlar ko`proq yuqorida aytib o`tganimdek 
xotira bilan ko`proq ishlashgan. Lekin bu faqat biror narsa yoki ish harakatni 
eslatardi holos. Axborot uzatish uchun esa hech narsa yo`q edi. Ular biror bir 
buyumga shakl berish orqali ma`lumotlarni bir biriga yetkazishgan. Buyumga ma`no 
biriktirishning bu usuli “buyumli yozuv” deb atalgan. Shundan boshlab, ya`ni, yozuv 
1
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish. Toshkent 2007. 124-bet 
2
Prof. Karimov S.A “Tilshunoslik nazariyasi” Samarqand 2012. 54-bet 



Yüklə 394,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin