Berilgan. Yozuvning har xil turlari yozuvning rivojlanish bosqichlarida tahlil qilinadi



Yüklə 394,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix26.08.2023
ölçüsü394,69 Kb.
#140657
1   2   3   4   5   6   7   8   9
66 B.Musayev 474-482

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 11 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
476 
w
www.oriens.uz
November
2022
 
taraqqiyotining boshqa bosqichlarida uning turli xil turlari kelib chiqqan. Bundan 
ko`rinib turibdiki, har bir bosqich bu bittadan yozuv turi degani. 
Keling, endi biz yozuvning turlari haqida so`z yuritsak. Har bir yozuv 
bu o`z davrida insoniyatning ehtiyojlarini qondira olgan. Demak, o`tmishda yozuvlar 
hali paydo bo`lmagan davrlarda odamlar ba`zi hodisalarni boshqalarga yetkazish 
uchun rasmlardan foydalanishgan. Turli xil jonli va jonsiz narsalarning rasmini chiziz 
orqali o`z maqsadlarini tushintirib berishgan. Bunday yozuv 
piktografik yozuv
deb 
nomlangan. Bu yozuvning birliklarini 
piktogrammalar
deb atashgan. AQSHning 
taniqli olimi L.Blumfild bu yozuvga quyidagicha misollarni keltiradi: Amerikaning 
mahalliy odjibva qabilasining bir a`zosida daraxtning uzun po`stlog`i bo`lgan. 
Po`stlog`da bir qancha belgilar chizilgan bo`lib(tulki, boyo`g`li va boshqalar), u 
aytiladigan muqaddas qo`shiq tartibini ko`rsatar edi. Yana bir misol: Mandan 
qabilasining bir a`zosi savdogarga ikki bir birini kesib o`tgan bir chiziq va bu 
kesmalarning bir tomoniga bir miltiq bilan qunduz va uning yoniga o`ttizta parallel 
chiziqchalarni, ikkinchi tomonda esa savsar, suvsar va qo`tosning surati chizilgan 
maktubni yuborgan . Bu xatning ma`nosi quyidagicha bo`lgan: “Men savsar, suvsar 
va qo`tos mo`ynalarini bir miltiq va o`ttizta qunduzning terisiga almashtirishga 
roziman”.
3
Lekin bu yozuvni tushunish ham boshqalarga tushuntirish ham biroz qiyin.
Negaki, yozuvning bunday turini hamma ham o`z tartibida joylashtirib tasvirlab bera 
olmaydi. Misol uchun o`zimiz ham maktab darsliklarida, turli jurnallarda rasmli 
rebuslarni ko`rib, ularni tushunishda va to`g`ri ma`no chiqarishda qiyinchikka duch 
kelamiz. Chunki berilgan rasm hammaga har xil ta`sir ko`rsatadi. Misol uchun, 
berilgan rasmlardan kelib chiqib asar nomini toping deyilsa, rasmlarning ketma 
ketligiga qarab asar nomini taxmin qilishimiz mumkin. Topshiriqda birin-ketinlikda
yulduzlar va osmon tasvirlangan. Sizningcha bu qaysi kitobga ishora qilyapti? Menda 
bu rasmga ikkita taxmin bor, birinchisi “Yulduzli tunlar”, ikkinchisi “Yulduzlar 
mangu yonadi”. Endi, bu haqida o`quvchilar nima deb o`ylashi mumkin? Albatta,
hamma har xil fikrga boradi. Masalan, yulduzlarning yorqinligini ko`rib bir 
o`quvchi bu asarni “Yulduzlar mangu yonadi” asari desa, yana biri tundagi 
yulduzlarni ko`rib, bu asarni “Yulduzli tunlar asari deydi. Ya`ni rasmda kim nimani 
ko`rsa o`shani aytadi. Men bu misol bilan nima demoqchiman, mening fikrimcha,
ushbu yozuv asosida qadim zamonda ham hozirgi kunda ham biroz qiyinchiliklar 
bo`lgan, ma`nolarni tushunish va tahlil qilish bo`yicha. Shuning uchun ham 
yozuvning taraqqiyot bosqichlarida bu yozuv ortda qolib, uning davomida yangi 
3
M.T. Irisqulov. “Tilshunoslikka kirish”. Toshkent. “Yangi asr avlodi” 2009. 221-bet 



Yüklə 394,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin