Biolog 10 indd



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/197
tarix06.09.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#141664
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   197
Biologiya. 10-sinf (2017, J.Tolipova, M.Umaraliyev)

Gastrulatsiya.
Homilaning rivojlanishi davom etib, hujayralarning 
bo‘lini shi va joyini almashtirishi natijasida asta-sekin gastrula bosqichiga 
o‘tadi. Homilaning ikki qavatli bosqichi gastrula bo‘lib, uning hosil bo‘lish 
jarayoni gastrulatsiya deb ataladi. Gastrulaning tashqi qavati ektoderma, ichki 
qavati entoderma deb ataladi. Ektoderma va entoderma homila varaqalari, 
gastrula ichidagi bo‘shliq birlamchi ichak deb ataladi. U tashqariga birlamchi 
og‘iz orqali ochiladi. Keyinchalik ektoderma bilan entodermaning o‘rtasida 
mezoderma rivojlanadi. G‘ovak tanlilar va kovakichlilardagina mezoderma 
hosil bo‘lmaydi. Shunday qilib, gastrulatsiya jarayonida uchta homila qavati 
hosil bo‘ladi. Homila qavatlari nisbatan bir xil bo‘lgan blastula hujayralarining 
ixtisoslashishi natijasida hosil bo‘ladi.
Organogenez. 
Bu bosqichda dastlab o‘zak organlar majmuyi: nerv nayi
xorda, ichak naychasi hosil bo‘ladi (42-rasm). 
Homila qavatlari ma’lum tartibda joylashgan hujayralar to‘plami bo‘lib, 
ularning har biridan o‘sha qavat uchun xos to‘qimalar va a’zolar rivojlanadi. 
Ektodermadan nerv sistemasi, sezgi organlari, terining epidermis qismi va uning 
hosilalari, (jun, pat, tirnoq) tishlarning emal qavati rivojlanadi. Entodermadan 
me’da, ichak, nafas yo‘llari epiteliysi, jigar, o‘rta ichak epiteliysi, hazm bezlari, 
jabralar va o‘pkalar epiteliysi rivojlanadi.


77
42-rasm.
1–4 – maydalanish; 5 –blastula; 6–7 – gastrulatsiya
8 – dastlabki organogenez; 9 – organogenez.
Mezodermadan biriktiruvchi va muskul to‘qimalari, yurak-tomir sistemasi, 
ayirish va jinsiy organlar rivojlanadi. Homilaning rivojlanishi jarayonida 
uning ayrim hujayralari qismlarining tuzilishi va funksiyalarida farqlar paydo 
bo‘lishi va farqlarning tobora ortib borishi diff erensiatsiyalanish (ixtisoslashish) 
deyiladi. Morfologik jihatdan diff erensiatsiyalashish natijasida ko‘p hujayra 
tiplari hosil bo‘ladi. Bio kimyoviy jihatdan diff erensiatsiyalanish natijasida 
hujayralarda (maxsus) oqsillar sintezlanadi (masalan, teri hujayralarida mela-
nin, oshqozon osti bezi hujayralarida – insulin).
Tuban hayvonlarda diff erensiyalashgan hujayralar tipi uncha ko‘p 
bo‘lmaydi. Yuksak darajada tuzilgan hayvonlarda hujayralar orasidagi farqlar 
tobora kuchayib boradi. Diff erensiatsiyalanish jarayoni tiriklikning molekula – 
hujayra – to‘qima darajasida sodir bo‘ladi. Bu jarayonda hujayraning ayrim 
genlari o‘z faoliyatini saqlab qoladi, ayrimlari o‘z faoliyatini butunlay 
to‘xtatadi. O‘z faoliyatini to‘xtatgan genlar zichlashgan xromatinga aylanadi. 

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin