98
75% havorang, 25% oq rangli bo‘ladi. Xuddi shunday holatni biz sariq patli
to‘tilar bilan oq patli to‘tilarni chatishtirganda ham ko‘ramiz. Bu tajribada
birinchi avlod to‘tilari sariq patli bo‘lib, ularning erkak, urg‘ochilari bir-
birlari bilan chatishtirilsa, hosil bo‘lgan ikkinchi avlodda 75% to‘tilar sariq,
25% to‘tilar oq patli bo‘ladi.
Har ikki tajriba tafsilotini tahlil qilib, xoldor to‘tilarda pat rangi bittadan
gen ta’sirida rivojlanadi degan xulosaga kelish mumkin. Ammo mazkur xulosa
havorang patli to‘tilar bilan sariq patli to‘tilarni chatishtirishda o‘z tasdig‘ini
topmaydi. Chunki keyingi chatishtirishdan olingan birinchi avlod to‘tilarining
pati yashil rangda bo‘ladi. Ularning erkak va urg‘ochilarini chatishtirib
olingan ikkinchi avlodda esa xuddi diduragay chatishtirishga o‘xshash 4 ta
fenotipik sinf, ya’ni 9 ta yashil, 3 ta havorang, 3 ta sariq, 1 ta oq patli to‘tilar
rivojlanadi (51-rasm).
♀
♂
AB
Ab
aB
ab
AB
AABB
AABb
AaBB
AaBb
Ab
AABb
AAbb
AaBb
Aabb
aB
AaBB
AaBb
aaBB
aaBb
ab
AaBb
Aabb
aaBb
aabb
Dominant allel bo‘lmagan genlar alohida-alohida mustaqil ravishda belgiga
ta’sir ko‘rsata olmasa, F
2
da 9:7 nisbatda ajralish beradi. Xushbo‘y no‘xat
o‘simligining fenotip jihatdan o‘xshash oq gulli, lekin genotip bo‘yicha farq
qiluvchi navlari chatishtirilganda shunday natija olingan (52-rasm).
Dostları ilə paylaş: