97
3. Tovuq va xo‘rozlarda belgilarning jins bilan bog‘liq irsiylanishini tushuntiring.
4. Jins bilan cheklangan belgilarning irsiylanishini tushuntiring.
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar:
1-masala.
Bolalarda immunitet yetishmasligi qonda γ – globulin sintezlanmasligi
oqibatida vujudga keladi. Ushbu kasallikni keltirib chiqaruvchi genning bir turi
autosomada, ikkinchi turi jinsiy X xromosomada joylashgan. Kasallik belgisi
ikkala holda ham retsessiv irsiylanadi. Ona ikki belgi bo‘yicha geterozigotali, ota
sog‘lom va uning avlodlarida kasallik kuzatilmagan bo‘lsa, tug‘ilgan
farzand-
larning necha foizi 1-belgi bo‘yicha sog‘lom bo‘ladi?
2-masala.
Daltonizm va kar-soqovlik belgilari retsessiv belgilardir. Daltonizm
geni X xromosomada, kar-soqovlik geni autosomada joylashgan. Daltonik va kar-
soqov erkak sog‘lom ayolga uylanganda oilada bitta o‘g‘il daltonik,
kar-soqov,
bitta qiz daltonik, lekin normal eshitadigan bo‘lib tug‘ilgan. Bu oilada ikkala
belgisi bo‘yicha ham kasal qiz tug‘ilishi mumkinmi?
22-§. GENLARNING O‘ZARO TA’SIRI
Organizmlardagi belgilar G. Mendel qonunida ko‘rsatilganidek faqat bitta
gen ta’sirida emas, balki bir necha juft noallel genlarning o‘zaro ta’sirida ham
irsiylanadi. Noallel genlar xromosomalarning har xil lokuslarida joylashgan va
har xil oqsillar sintezini ta’minlovchi genlardir.
Noallel genlarning o‘zaro ta’siriga: epistaz, komplementarlik, polimeriya
misol bo‘ladi.
Noallel genlarning komplementar ta’siri
.
Komplementariya so‘zi
ingliz-
cha «complement» – to‘ldirish degan ma’noni anglatadi. Noallel genlar bir-
birini to‘ldirishi natijasida yangi belgi rivojlanadi. Belgining rivojlanishiga
ta’sir etuvchi noallel genlarning ta’siri tufayli F
2
avlodida belgilarning ajralishi
9 : 7; 9 : 6 : 1; 9 : 3 : 4; 9:3:3:1 nisbatda bo‘ladi.
Masalan, noallel genning har biri mustaqil ravishda
yangi belgini yuzaga
chiqarsa, F
2
da ajralish 9:3:3:1 nisbatda bo‘ladi.
Komplementar irsiylanishga misol qilib qush boquvchi havaskorlarga
tanish bo‘lgan avstraliya xoldor to‘tilarining pat rangining irsiylanishini olish
mumkin.
Xoldor to‘tilarning pat rangi oq, sariq,
havorang, yashil bo‘ladi. Agar
havorang patli to‘ti oq patli to‘ti bilan chatishtirilsa, birinchi avlodda patning
havorang belgisi dominantlik qiladi. Birinchi avloddagi erkak va urg‘ochi
havorang to‘tilar o‘zaro chatishtirilsa, olingan F
2
avlod to‘tilari
orasida esa
4 – Biologiya 10
98
75% havorang, 25% oq rangli bo‘ladi. Xuddi shunday holatni biz sariq patli
to‘tilar bilan oq patli to‘tilarni chatishtirganda ham ko‘ramiz.
Bu tajribada
birinchi avlod to‘tilari sariq patli bo‘lib, ularning erkak, urg‘ochilari bir-
birlari bilan chatishtirilsa, hosil bo‘lgan ikkinchi avlodda 75% to‘tilar sariq,
25% to‘tilar oq patli bo‘ladi.
Har ikki tajriba
tafsilotini tahlil qilib, xoldor to‘tilarda pat rangi bittadan
gen ta’sirida rivojlanadi degan xulosaga kelish mumkin. Ammo mazkur xulosa
havorang patli to‘tilar bilan sariq patli to‘tilarni chatishtirishda o‘z tasdig‘ini
topmaydi. Chunki keyingi chatishtirishdan olingan birinchi avlod to‘tilarining
pati yashil rangda bo‘ladi. Ularning erkak va urg‘ochilarini chatishtirib
olingan ikkinchi avlodda esa xuddi diduragay chatishtirishga o‘xshash 4 ta
fenotipik sinf, ya’ni 9 ta yashil, 3 ta havorang, 3 ta sariq, 1 ta oq patli to‘tilar
rivojlanadi (51-rasm).
♀
♂
AB
Ab
aB
ab
AB
AABB
AABb
AaBB
AaBb
Ab
AABb
AAbb
AaBb
Aabb
aB
AaBB
AaBb
aaBB
aaBb
ab
AaBb
Aabb
aaBb
aabb
Dominant allel bo‘lmagan genlar alohida-alohida mustaqil ravishda belgiga
ta’sir ko‘rsata olmasa, F
2
da 9:7 nisbatda ajralish beradi. Xushbo‘y no‘xat
o‘simligining fenotip jihatdan o‘xshash
oq gulli, lekin genotip bo‘yicha farq
qiluvchi navlari chatishtirilganda shunday natija olingan (52-rasm).
Dostları ilə paylaş: