Biolog 10 indd



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/197
tarix06.09.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#141664
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   197
Biologiya. 10-sinf (2017, J.Tolipova, M.Umaraliyev)

Tayanch so‘zlar
Savol va topshiriqlar
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar
Mustaqil O‘zbekistonning komillikka intiluvchi farzandi sifatida fan 
asoslarini chuqur o‘zlashtirib, kelgusida biologiyadan egallagan kompeten-
siyalaringizga asoslangan holda kasb tanlab, mustaqil hayotda o‘z o‘rningizni 
topishingizda omad yor bo‘lsin.


4
I BOB. BIOLOGIK TIZIMLAR HAQIDA TUSHUNCHA
 
1-§. BIOLOGIYA – HAYOT HAQIDAGI FAN
Biologiya Yerdagi hayotning barcha ko‘rinishlarini, uning turli darajadagi: 
molekula, hujayra, organizm, populatsiya (tur), biogeosenoz (ekosistema), 
biosfera darajasidagi tizimlarning barcha xossalarini o‘rganadi. 
Biologiyaning asosiy maqsadi tirik mavjudotlarning tuzilishi, o‘ziga xos 
xususiyatlari, ko‘payishi, rivojlanishi, kelib chiqishi, tabiiy jamoalarda va 
yashash muhiti bilan o‘zaro munosabatlarini o‘rganishdir. 
Biologiya atamasi fransuz olimi J. B. Lamark va nemis olimi G. R. Tre-
viranus tomonidan fanga kiritilgan bo‘lib, «
bios»
– hayot, «
logos» 
– fan degan 
ma’noni bildiradi.
Insonlar salomatligini saqlash, turli kasalliklarni davolash va ularning 
oldini olish, inson umrini uzaytirish, tabiatdagi no.yob o‘sim liklar va hayvon 
turlarini mu hofaza qilish, hosildor o‘simlik navlari, mahsuldor hayvon zotlari, 
yangi xususiyat li mikroorganizm shtammlarini yara tish, insoniyatni sifatli 
oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash kabi muhim muammo larni hal etish 
biologiyaning rivojiga bog‘liq. 
Biologiya fanining tarmoqlari.
Biologiya fundamental va kompleks 
fan hisoblanadi. Fundamental fan deyilishiga sabab, biologiya tibbiyot,
psixologiya, agronomiya, oziq-ovqat sanoati, farmokologiya uchun nazariy 
asos bo‘lsa, kompleks fan sifatida esa ko‘plab tarmoq fanlarni o‘z ichiga oladi.
 
Tekshirish obyektiga ko‘ra biologiya fani bir qancha sohalarga 
bo‘linadi. Botanika – o‘simliklar, zoologiya – hayvonlar, mikrobiologiya – 
mikroorganizmlar, mikologiya – zamburug‘lar, gidrobiologiya – suv muhitidagi 
organizmlar, paleontologiya – qazilma holdagi organizmlar, ekologiya 
esa organizm va muhit orasidagi munosabat to‘g‘risidagi fan hisoblanadi. 
Biologiya tirik organizmlarning ayrim jihatlarini tekshirish bo‘yicha ham turli 
fanlarga ajraladi. Anatomiya – organizmlar organlari tuzilishini, fi ziologiya 
esa funksiyasini, embriologiya – murtak (embrion) rivojlanishini, sistematika – 
organizmlarning sistematik guruhlarini, o‘zaro qarindoshlik munosabatlarini, 
etologiya – hayvonot olamining xulq-atvorini tadqiq etadi. 


5
Biologiyaning ba’zi sohalari boshqa tabiiy fanlar hamkorligida paydo 
bo‘lgan. Biologik sistemalarda ro‘y beradigan fi zik jarayonlarni biofi zika, 
organizmlarning kimyoviy tarkibi, ulardagi kimyoviy jarayonlarni biokimyo, 
tirik organizmlarning yer yuzida tarqalish qonuniyatlarini biogeografi ya fani 
o‘rganadi. Bionika organizmlar hayot faoliyatining o‘ziga xos jihatlari va 
tuzilishini asos qilib texnik sistemalar yaratishni, biotexnologiya esa tirik 
organizmlardagi biologik jarayonlarni ishlab chiqarish korxonalarida qo‘llashni 
maqsad qilib qo‘yadi. 
Hozirgi kunda insoniyat jamiyatining taraqqiyot darajasi biologiya fani 
rivojiga ko‘p jihatdan bog‘liq.

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin