Biolog 10 indd


Biologiya fanining ilmiy tadqiqot metodlari



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/197
tarix06.09.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#141664
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   197
Biologiya. 10-sinf (2017, J.Tolipova, M.Umaraliyev)

Biologiya fanining ilmiy tadqiqot metodlari. 
Biologiyada tirik orga-
nizmlarning hayotiy xossalarini o‘rganish uchun quyidagi metodlardan 
foydalaniladi.
Kuzatish metodi.
 
Organizmlar va ularni o‘rab turgan atrof-muhitda ro‘y 
beradigan hodisalarni kuzatish, tasvirlash va tahlil qilish imkonini beradi. 
Bu metod qadim zamonlardan boshlab olimlar tomonidan daliliy materiallar 
yig‘ish va uni tavsifl ash uchun keng qo‘llanilgan. XVIII asrda bu metod 
yordamida biolog olimlar hayvonlar va o‘simliklarni ta’rifl ash, tasvirlash va 
to‘plangan materiallarni tartibga solish bilan shug‘ullangan. 
Taqqoslash metodi.
Turli biologik tizimlarning tuzilishi, funksiyasi, tarkibiy 
qismlardagi o‘xshashlik va farqlar taqqoslash metodi
 
yordamida o‘rganiladi. 
Mazkur metoddan sistematika, morfologiya, anatomiya, paleontologiya
embriologiya fanlarida foydalaniladi. Taqqoslash metodi yordamida hujayra 
nazariyasi, biogenetik qonun, irsiy o‘zgaruvchanlikning gomologik qatorlar 
qonuni kashf etilgan.
XVIII asrdan boshlab keng qo‘llanila boshlangan bu metod biologik 
obyektlar, hodisa va jarayonlar o‘rtasidagi o‘xshashlik hamda farqlarni aniqlash 
orqali ularning mohiyatini ochishga imkon yaratdi.
Tarixiy metod.
 
Mazkur metod turli sistematik guruhlarning evolutsion 
jarayonda paydo bo‘lishi, takomillashishini dalillar yordamida tushunish va 
ularni avvaldan mavjud bo‘lgan dalillar bilan qiyoslash, organizmlarning paydo 
bo‘lishi va rivojlanishi, ularning tuzilishi va funksiyalarining murakkablashib 
borish qonuniyatlarini bilib olishga imkon beradi. Shu orqali organizmlarning 
paydo bo‘lishi va tarixiy taraqqiyoti qonuniyatlarini asoslab berish mumkin. 
Tarixiy metod turli era va davrlarda organizmlarning paydo bo‘lishi va organik 
olam evolutsiyasini o‘rganishda qo‘llaniladi. 


6

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin