Biolog 10 indd


Hayotning asosiy xossalari



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/197
tarix06.09.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#141664
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   197
Biologiya. 10-sinf (2017, J.Tolipova, M.Umaraliyev)

Hayotning asosiy xossalari. 
Har bir tirik organizm bir-biri bilan 
chambarchas, tartibli munosabatda bo‘lgan tuzilmalardan tashkil topgan yaxlit 
tizim (sistema) bo‘lib, o‘ziga xos, ya’ni anorganik tabiatdan farq qiluvchi 
xossa va xususiyatlarga ega. 
Kimyoviy tarkibning birligi
Barcha tirik organizmlar tarkibiga kiruvchi 
kimyoviy elementlarning 90% dan ortig‘i asosan to‘rt xil: uglerod, kislorod, 
vodorod va azot elementlaridan tashkil topgan. Bu elementlar barcha tirik 
organizmlar tarkibiga kiruvchi organik birikmalar, masalan, oqsillar, nuklein 
kislotalar, lipidlar, uglevodlarni hosil qiladi. 
Strukturaviy tuzilish birligi
. Barcha tirik organizmlar hujayradan tuzilgan 
bo‘lib, hujayra tiriklikning tuzilish, funksional va rivojlanish birligi hisoblanadi. 
Ochiq sistemaligi
. Barcha tirik organizmlar muntazam ravishda tashqi 
muhit bilan energiya va moddalar almashinuviga ega bo‘lgan ochiq sistemadir.
Moddalar va energiya almashinuvi
. Barcha tirik organizmlar va tashqi 
muhit o‘rtasida doim moddalar va energiya almashinuvi sodir bo‘ladi. Moddalar 
va energiya almashinuvi oziqlanish, nafas olish, ayirish kabi jarayonlarni o‘z 
ichiga oladi. Moddalar va energiya almashinuvi tufayli o‘zgaruvchan tashqi 
muhit sharoitida tirik organizmlar kimyoviy tuzilishi va tarkibining doimiyligi 
ta’minlanadi. 
O‘z-o‘zini yangilash
. Organizmda sodir bo‘ladigan moddalar almashinuvi 
jarayonida biomolekulalar, hujayra va to‘qimalarning doimiy yangilanishi 
sodir bo‘ladi.
O‘ziga o‘xshaganlarni yaratish – ko‘payish xossasi
. Tirik organizmlarning 
ko‘payishi nuklein kislotalarda mujassam bo‘lgan irsiy axborot asosida sodir 
bo‘ladi. 
O‘sish va rivojlanish
. Ontogenezning ma’lum bosqichlarida tirik 
organizmlar genetik axborotlar asosida o‘z tuzilishini saqlagan holda miqdoriy 
jihatdan ortadi, ya’ni o‘sadi hamda ularda yangi belgi va xususiyatlar 


9
shakllanishi – rivojlanish kuzatiladi. Rivojlanish tirik organizmlarning ma’lum 
qonuniyatlar asosida o‘zgarib borishidir. Individual rivojlanish – ontogenez va 
tarixiy rivojlanish – fi logenez kuzatiladi. Organik olamning tarixiy rivojlanishi 
evolutsiya
deb yuritiladi.

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin