Biolog 10 indd


Hujayra tarkibiga kiruvchi birikmalar



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/197
tarix06.09.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#141664
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   197
Biologiya. 10-sinf (2017, J.Tolipova, M.Umaraliyev)

Hujayra tarkibiga kiruvchi birikmalar. 
Hujayra tarkibiga kiruvchi 
birikmalarni ikki guruhga: anorganik moddalar va organik moddalarga 
birlashtirish mumkin (1-sxema).
Hujayraning anorganik birikmalari. 
Hujayraning hayot faoliyatida 
mineral tuzlar ham muhim ahamiyatga ega. Mineral tuzlar hujayrada kationlar 
(K
+
, Na
+
, Ca
+2
,
 
Mg
+2
), anionlar (Cl

, HCO
3

, HPO
4
2-
, H
2
PO
4

 
) yoki kristall 
holda uchraydi. Kation va anionlarning hujayra ichidagi va tashqi muhitidagi 
miqdori farq qiladi. Natijada hujayraning ichki va tashqi muhiti o‘rtasida 
potensiallar farqi yuzaga keladi. Bu farq nerv impulslarining o‘tkazilishi va 
muskul tolalarining qisqarishi kabi muhim jarayonlarni ta’minlaydi. 
Ionlar hujayrada muhim funksiyalarni bajaradi. 
– K
+
, Na
+
, Ca
2+
kationlari organizmlarning qo‘zg‘aluvchanlik xu susiyatlarini 
ta’minlaydi; 
– Mg
2+
, Mn
2+
, Zn
2+
, Ca
2+
kationlari fermentlar faoliyati uchun zarur;
– fotosintez jarayonida uglevodlarning hosil bo‘lishi xlorofi ll tarkibiga 
kiruvchi Mg
2+ 
ga bog‘liq; 
– kuchsiz kislota anionlari hujayra ichki muhitining doimiyligini – 
buferlikni ta’minlaydi. 
Hujayra ichki muhitining kuchsiz ishqoriy holatda doimiy saqlash xususiyati 
buferlik deyiladi. Hujayra ichida H
2
PO
4

va HPO
4
2-
anionlari, hujayralararo


18
1-sxema
Organizmlar tarkibiga kiruvchi moddalar
Anorganik moddalar
Organik moddalar
Birikmalar
Ionlar
Kichik molekulalar
Makromolekulalar
Suv
Anionlar
Monosaxaridlar
Polisaxaridlar
Tuzlar
Kationlar
Aminokislotalar
Oqsillar
Kislotalar
Nukleotidlar
Nuklein kislotalar
Organik kislotalar
Lipidlar
Fermentlar
Gormonlar
Vitaminlar
suyuqlik va qon plazmasida HCO
3
-
anioni buferlikni ta’minlovchi sistemalar 
hisoblanadi. 
Suvning hujayradagi funksiyalari nihoyatda ko‘p.
 
Ko‘p hujayrali orga-
nizmlar tana massasining 80% ini suv tashkil qiladi. Hujayradagi suv ning 
miq dori, shu hujayradagi moddalar almashinuvining intensivligiga bog‘liq bo‘-
la di. Hujayrada hayotiy jarayonlarning suvli muhitda o‘tishga mos lashganligi, 
dastlabki hayotning suvda paydo bo‘lganligini isbotlovchi dalil hisoblanadi.
Suvning biologik funksiyalari uning fi zik-kimyoviy xususiyatlari bilan 
belgilanadi. Suv molekulasi kislorod atomi va u bilan kovalent bog‘lar orqali 
bog‘langan ikkita vodorod atomidan tashkil topgan. Suv molekulasining bir 
tomoni musbat, ikkinchi tomoni esa manfi y zaryadlangan 
bo‘lib, 
dipol 
ikki qutbli molekula deyiladi (3-rasm). Bitta 
suv molekulasining manfi y zaryadlangan kislorod atomi 
bilan ikkinchi suv molekulasining musbat zaryadlangan 
vodorod atomi orasida vodorod bog‘ hosil bo‘ladi. Har 
bir suv molekulasi 4 ta qo‘shni suv molekulalari bilan 
vodorod bog‘ hosil qilib birikadi (4-rasm). 
3-rasm.
Suv molekulasi.


19
Suvning yuqorida keltirilgan xususiyatlari 
uning funksiyalarini belgi laydi. Suv ko‘pchilik 
tirik organizmlar uchun yashash muhiti hisoblanadi 
va organizmda oziq moddalarni, metabolizm 
mahsulotlarini tashiydi. Suvda erigan mineral 
moddalar o‘simliklarning o‘tkazuvchi to‘qimalari 
orqali barcha organlariga yetkaziladi. 
Suv hujayrada muhim erituvchi hisoblanadi. 
Suv molekulalari qutbli bo‘lgani uchun unda qutbli 
moddalar yaxshi eriydi. Suvda yaxshi eriydigan 
moddalarni 

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin