Biolog 10 indd


Uglevodlar . Uglevodlar hujayraning eng muhim organik birikmalari  hisoblanadi. Uglevodlarning umumiy formulasi  Cn( H



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/197
tarix06.09.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#141664
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   197
Biologiya. 10-sinf (2017, J.Tolipova, M.Umaraliyev)

Uglevodlar
. Uglevodlar hujayraning eng muhim organik birikmalari 
hisoblanadi. Uglevodlarning umumiy formulasi 
Cn( H
2
O)n
.
Oʻsimliklar quruq moddasi massasining 80% ga yaqini, hayvonlar quruq 
moddasi massasining 2% ga yaqinini uglevodlar tashkil etadi. Tarkibiga 
ko‘ra uglevodlar uchta guruhga bo‘linadi: 
monosaxaridlar, disaxaridlar va 
polisaxaridlar 
(2-sxema).
Monosaxaridlar kichik tarkibiy qismlarga gidrolizlanmaydigan biomo -
leku lalardir. Ularning nomi tarkibidagi uglerod atomi soniga bog‘liq. 
Triozalarda uglerod atomining soni 3 ta (C
3
H
6
O
3
), tetrozalarda 4 ta (C
4
H
8
O
4
), 
pentozalarda 5 ta (C
5
H
10
O
5
), geksozalarda 6 ta (C
6
H
12
O
6
). Monosaxaridlarning 
hammasi suvda yaxshi eriydigan shirin ta’mga ega rangsiz moddalardir.
Triozalarga moddalar almashinuvining mahsulotlari bo‘lgan sut 
kislota (C
3
H
6
O
3
), pirouzum kislota (C
3
H
4
O
3
) kiradi. Eng ko‘p tarqalgan 
monosaxaridlarga besh uglerod atomli pentozalar – riboza va dezoksiriboza 
va olti uglerod atomli geksozalar – glukoza, fruktoza misol bo‘ladi. Riboza 
bilan dezoksiriboza nuklein kislotalar va ATF tarkibiga kiradi. Turli mevalar, 
shuningdek, asalning shirin bo‘lishi ularning tarkibidagi glukoza va fruktozaga 
bog‘liq. Glukoza C
6
H
12
O
6
, molekular massasi 180 ga teng. Erkin holda 
hujayralarda to‘qima suyuqliklarida, plazmada bo‘ladi. Qon tarkibida glukoza 
doimo ma’lum konsentratsiyada mavjud bo‘lib, to‘qimalarning energiyaga 
bo‘lgan ehtiyojini ta’minlab turadi. Odamlar qonida glukoza miqdori 4,5–5,5 
millimol (80–120 mg%)ga teng. U 
qon qandi 
deb yuritiladi. Qonda glukoza 
miqdori ortib ketishi yoki kamayishi moddalar almashinishining buzilganligidan 
darak beradi.


21
2-sxema

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin