Biolog 10 indd


Struktura – qurilish materiali (plastik funksiya)



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/197
tarix06.09.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#141664
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   197
Biologiya. 10-sinf (2017, J.Tolipova, M.Umaraliyev)

Struktura – qurilish materiali (plastik funksiya)
Selluloza
O‘simlik hujayralari qobig‘iga mustahkamlik beradi
Xitin
Zamburug‘ hujayrasi qobig‘i va bo‘g‘imoyoqlilar tana qoplamiga mus-
tahkamlik beradi
Riboza 
ATF va RNK molekulalari strukturasini tuzishda ishtirok etadi
Dezoksiriboza DNK nukleotidlari tarkibiga kiradi
Zaxira funksiyasi
Laktoza
Sutemizuvchilarning suti tarkibiga kiradi
Kraxmal
O‘simlik to‘qimalarida zaxira modda sifatida to‘planadi
Glikogen
Hayvonlar to‘qimalarida zaxira modda sifatida to‘planadi 
Himoya funksiyasi
Geparin
Hayvonlarda qon ivishiga to‘sqinlik qiladi
Lipidlar. 
Barcha tirik organizmlar hujayralari tarkibiga kiradi. Lipid qutb-
lanmagan, gidrofob molekulalardir. Tuzilishiga ko‘ra bir necha guruhlarga 
bo‘linadi. 
Neytral yog‘lar – tabiatda ko‘p tarqalgan lipidlar bo‘lib, 3 ta yog‘ kislota 
va 3 atomli spirt – glitserinning birikishidan hosil bo‘ladi. Bu guruhga hayvon 
yog‘lari va o‘simlik moylari kiradi. Mumlar – yog‘ kislotalar va ko‘p atomli 
spirtlarning birikishidan hosil bo‘ladi. Mumlar terini, hayvonlarning junini
qushlarning patlarini qoplab turadi, ularni yumshatadi hamda suvdan himoya 
qiladi. Mum qoplami barg, poya, mevalarni suv ta’siridan, qurib qolishdan 
himoya qiladi. Fosfolipidlar – hujayraning membranali tuzilmalarini hosil 
qiladi. Glikolipidlar – lipidlarning uglevodlar bilan, lipoprotein – lipidlarning 
oqsillar bilan hosil qilgan birikmasi. Steroidlarga mansub – xolesterin hujayra 
membranasining muhim tarkibiy qismidir. Buyrak usti bezida, jinsiy bezlarda 
xolesterindan steroid gormonlar sintezlanadi. Ortiqcha xolesterin qon tomirlarda 
to‘planib, tomirlarni toraytiradi, ateroskleroz kasalligiga sabab bo‘ladi. A, D, 
E, K vitaminlari ham yog‘simon moddalarga kiradi.
Lipidlarning funksiyalari. 
Lipidlar hujayrada xilma-xil funksiyalarni 
bajaradi.
 
Plastik (qurilish materiali) funksiyasini bajaradigan lipidlarga hu-
jayralar membranali tuzilmalarining tarkibiga kiruvchi fosfolipidlar, xolesterin, 
lipoproteinlar, glikolipidlar misol bo‘ladi. 
Buyrak usti bezidan ajraladigan kortikosteroid gormonlar va jinsiy 
bezlarning gormonlari steroidlar qatoriga kiradi va gormonal funksiyani 
bajaradi. 1g yog‘ to‘liq oksidlanganda 9,3 kkal yoki 38,9 kJ energiya ajraladi. 


24
Teri osti yog‘ kletchatkasi mexanik ta’sirlardan himoya qiladi. Lipidlar 
issiqlikni yomon o‘tkazganligi tufayli, organizmda issiqlikni saqlashga yordam 
beradi. O‘simliklarda va hayvonlarda yog‘ zaxira holda to‘planadi. Cho‘l 
hayvonlarida va qishda uyquga ketadigan hayvonlarda zaxira yog‘ energiya 
va suv manbayi bo‘lib xizmat qiladi. Yog‘da eruvchi A, D, E, K vitaminlari 
fermentlarning koferment qismini tashkil qiladi.

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin