26
suv ajraladi. Aminokislotalarning o‘rtacha molekular massasi 138 ga, oqsil
tarkibidagi aminokislota qoldig‘ining o‘rtacha molekular massasi 120 ga teng
deb olish mumkin.
8-rasm.
Aminokislotalarning o‘zaro birikishi.
Oqsil molekulasida aminokislotalarning joylashish tartibi,
turning
o‘zgarmas xossasi bo‘lib, oqsil sintezi vaqtida DNKdagi irsiy axborot asosida
tuziladi. Har bir oqsil molekulasi o‘ziga xos tuzilishga ega. Organizmning
hujayralaridagi oqsillar (fermentlar, gormonlar) bir xil funksiyani bajarishiga
qaramay aminokislotalar tarkibi bo‘yicha o‘zaro farq qiladi. Turlar bir-biridan
kelib chiqishi jihatidan qancha uzoq bo‘lsa, ularning
oqsillari orasidagi farq
ham shunchalik katta bo‘ladi.
Oqsil molekulasining tuzilish darajalari (9-rasm).
Dostları ilə paylaş: