20
5-§. UGLEVODLAR VA LIPIDLAR
Hayotning
molekula darajasi
biologik molekulalar – DNK, RNK, ATF,
oqsillar, uglevodlar, lipidlar faoliyatida namoyon bo‘ladi.
Bu moddalar qaysi
turga mansubligidan qat’i nazar barcha tirik organizmlar hujayralari uchun
umumiy tuzilishga ega. Yuqori molekular moddalar – oqsillar, nuklein kislotalar,
polisaxaridlar biopolimerlar hisoblanadi. Biopolimerlar
monomerlarning
o‘zaro birikishidan hosil bo‘ladi. Polimerlar ikki guruhga bo‘linadi. Bir xil
tipdagi monomerlardan tuzilgan polimerlar (glikogen, kraxmal, selluloza)
gomopolimerlar
, har xil tipdagi monomerlardan tuzilgan polimerlar (oqsillar,
nuklein kislotalar)
geteropolimerlar
deyiladi
.
Dostları ilə paylaş: