14
Tirik materiyaning molekula darajasi qator biologik molekulalar – DNK,
RNK, ATF, oqsillar, uglevodlar, lipidlar va boshqa murakkab birikmalar bilan
birgalikda muayyan funksiyalarni bajaradigan majmualarini o‘rganadi.
Yirik molekulali organik moddalar o‘zaro bog‘liq
tarkibiy qismlarga
ega. Masalan, oqsillarning monomeri aminokislotalar bo‘lib, ular i-RNKda
kodlangan irsiy axborot asosida belgilangan tartibda peptid bog‘lari
orqali
bog‘lanadi va oqsilning birlamchi strukturasi shakllanadi. Ribosomadan
ajralgan oqsillar keyinchalik vodorod bog‘lari hisobiga ikkilamchi, oltingugurt
bog‘lari orqali uchlamchi strukturaga ega bo‘ladi va muayyan vazifa (ferment,
gormon)ni bajaradigan oqsil molekulasiga aylanadi.
Xuddi shuningdek, turli monomerlar tuzilishi bo‘yicha har xil, lekin mak-
romolekula tarkibida bir-biri bilan ki myoviy bog‘lar orqali birlashib, muay yan
vazifalarni bajaruvchi yaxlit mo le kula (nuklein kislota, oqsil)larga aylanadi.
Makromolekulalar tarkibida asosiy kimyoviy element
sifatida uglerodning
ishtiroki ularning tuzilishida umumiylik bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Uglerodning
maxsus fi zik-kimyoviy xususiyatlari hisobiga yirik,
murakkab va xilma-xil
organik birikmalar yuzaga keladi.
Makromolekulalarning noyob tuzilish xususiyati ularning bajaradigan
biologik vazifalari bilan tavsifl anadi. Masalan, nuklein
kislota molekulalari
irsiy axborotni saqlash, irsiyatni keyingi avlodga o‘tkazish vazifasini bajaradi.
Lipidlar hujayraning biologik membranasi,
hujayra organoidlarining
tuzilishida ishtirok etadi. Oqsillar hujayrada sodir bo‘ladigan barcha biokimyo viy
jarayonlarni boshqarish va katalizator sifatida mazkur jarayonni jadal borishida
ishtirok etadi. Fotosintez jarayonida quyoshning yorug‘lik energiyasi kimyoviy
bog‘lar energiyasiga aylanishi natijasida uglevodlar hosil bo‘ladi va u barcha
biologik molekulalarning tuzilishida birlamchi asos bo‘lib xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: