Biolog 10 indd



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/197
tarix06.09.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#141664
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   197
Biologiya. 10-sinf (2017, J.Tolipova, M.Umaraliyev)

O‘z-o‘zini idora qilish
. Tashqi muhit sharoitlarining muntazam o‘zgarishiga 
qaramay, tirik organizmlar tashqi va ichki tuzilishi, kimyoviy tarkibi, fi ziologik 
jarayonlarning doimiyligini saqlash, ya’ni gomeostaz xususiyatiga ega. 
Ta’sirlanish
. Ushbu xususiyat tirik organizmlarning tashqi muhit ta’sir-
lariga javob reaksiyalari orqali amalga oshadi. 
Irsiyat va o‘zgaruvchanlik
. Tirik organizmlarning o‘z belgi va xususiyat-
larini nasldan naslga o‘tkazish xossasi irsiyat, yangi belgi-xususiyatlarni 
namoyon qilishi o‘zgaruvchanlik hisoblanadi. O‘zgaruvchanlik tufayli esa 
tashqi muhit ta’sirlariga tirik organizmlarning moslanuvchanligi ortadi. 
Yuqorida keltirilgan xususiyatlarning ayrimlari notirik tabiat uchun ham 
xos bo‘lishi mumkin. Masalan, tuzli eritmalarda kristallarning hajmi va 
massasi ortadi, yonayotgan shamdan energiya ajraladi. Lekin bu jarayonlarda 
gomeostaz kuzatilmaydi. 
Hayotning tuzilish darajalari
. Yerdagi hayot molekula, hujayra, to‘qima, 
organ, organizm, populatsiya, biogeosenoz (ekosistema), biosfera kabi turli 
biologik sistemalar shaklida mavjud. Ular bir-biridan tarkibiy qismlari – 
komponentlari hamda jarayonlari bilan farqlanadi. 
Hayotning tuzilish darajalari ma’lum bir tarkibiy qismlardan, ya’ni 
komponentlardan tarkib topgan, quyidan yuqoriga murakkablashib boradigan 
yaxlit biologik tizimlardir (1-rasm). 
Hayotning molekula darajasi
. Hayotning molekula darajasini oqsillar, 
nuklein kislotalar, lipidlar va uglevodlar kabi biomolekulalar tashkil etadi. 
Hayotning molekula darajasida irsiy axborotning saqlanishi, ko‘payishi, 
o‘zgarishi hamda moddalar va energiya almashinuvi bilan bog‘liq jarayonlar 
sodir bo‘ladi.
Hayotning hujayra darajasi
. Hujayra barcha tirik organizmlarning 
tuzi lish, funksional va rivojlanish birligidir. U tiriklikning barcha xossalarini 
o‘zida mujassam qilgan eng kichik tuzilish darajasi hisoblanadi. Hayotning 
hujayra darajasi komponentlariga hujayraning tarkibiy qismlari: membrana, 
sitoplazma va uning organoidlari, yadro kiradi. Bu darajada hujayra 
organoidlarining tuzilishi, funksiyalari, bo‘linishi, hujayrada kechadigan 
biokimyoviy jarayonlar, hujayra tomonidan energiyaning o‘zlashtirilishi, 
to‘planishi va sarfl anishi kabilar sodir bo‘ladi. 


10

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin