Biolog 10 indd


Hayotning to‘qima darajasi



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/197
tarix06.09.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#141664
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   197
Biologiya. 10-sinf (2017, J.Tolipova, M.Umaraliyev)

Hayotning to‘qima darajasi
. To‘qima kelib chiqishi, tuzilishi, bajaradi-
gan vazifasi o‘xshash hujayralar va hujayralararo moddalardan tashkil topgan 
biotizim hisoblanadi. Hayvonlarda epiteliy, muskul, biriktiruvchi va nerv to‘-
qima lari mavjud. O‘simliklarda esa hosil qiluvchi, qoplovchi, asosiy, mexa nik, 
o‘tkazuvchi to‘qimalar bo‘ladi. Hayotning to‘qima darajasida hujayra larning 
ixtisoslashuvi bilan bog‘liq jarayonlar o‘rganiladi.
Hayotning organ darajasi
. Organ bu ma’lum tuzilish, shaklga ega, muay-
yan funksiyani bajaradigan hamda aniq bir joyda joylashgan organizmning bir 
qismidir. Organlar bir necha xil to‘qimalardan tashkil topgan bo‘lib, organning 
bajaradigan vazifasi to‘qimalar faoliyati bilan bog‘liq. 
Hayotning organizm darajasi
. Organizm mustaqil hayot kechiradi gan, 
o‘z-o‘zini idora eta oladigan, o‘z-o‘zini yangilay oladigan bir yoki ko‘p hujayrali 
1-rasm. 
Hayotning tuzilish darajalari.


11
yaxlit biologik tizimdir. Organizmlar bir va ko‘p hujayrali bo‘ladi. Hayotning 
organizm darajasi moddalar va energiya almashinuvi, ta’sirlanish, o‘sish, 
rivojlanish, ko‘payish, hayotiy jarayonlarning nerv-gumoral boshqarilishi, 
moslanish, xulq-atvor, umri davomiyligi kabi xususiyatlarni o‘rganadi. Har bir 
tirik organizm individ hisoblanib, uning evolutsiyaga qo‘shadigan hissasi nasl 
qoldirish va o‘zgaruvchan muhit sharoitiga moslanishdan iborat. 
Hayotning populatsiya, tur darajasi
.
 
Morfofi ziologik, genetik, ekologik, 
etologik jihatdan o‘xshash, kelib chiqishi umumiy bo‘lgan, o‘zaro erkin 
chatishib, nasldor avlod beradigan tur arealining ma’lum qismida uzoq muddat 
mavjud bo‘lgan individlarning yig‘indisi 
populatsiya
deyiladi. Tur ma’lum 
arealga ega o‘zaro erkin chatisha oladigan, ayrim belgi va xossalari bilan 
shu turning boshqa populatsiyalaridan farq qiladigan, nisbatan alohidalashgan 
populatsiyalar yig‘indisidir. Hayotning bu darajasi populatsiya zichligi, 
individlar soni, ko‘payish tezligi, yashovchanlik, jinsiy va yosh bilan bog‘liq 
tarkibi kabi belgilar bilan ta’rifl anadi. Hayotning bu darajasida tur doirasida 
individlar o‘rtasidagi munosabatlar, populatsiya dinamikasi, populatsiya 
genofondining o‘zgarishlari, tur hosil bo‘lish jarayonlari sodir bo‘ladi. 
Populatsiya evolutsiyaning boshlang‘ich birligi hisoblanadi. 

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin