13
shi hujayra, to‘qima, organ, organlar
sistemasi va organizmda sodir bo‘la-
digan jarayonlarda ularning biologik
ahamiyatini tushunish imkonini be-
radi (2-rasm).
Hayotning
molekula darajasi
Yerda hayotning paydo bo‘lishi va
rivojlanishining birlamchi asosi si-
fatida o‘rgani lishi, shuningdek, tirik -
lik ning keyingi darajalari bo‘lgan
hujayra, to‘qima, organ, organizm,
populatsiya va tur, bioge ose noz, bio -
s fe ra bilan o‘zaro aloqadorlik va
uzviy likni aniqlashda muhim ahami-
yat kasb etadi.
Hayotni molekula
dara ja sida o‘rganishning mohiyati
tirik or ga nizm hujayralarida uch-
raydi gan bio logik molekulalar, ya’ni
organik birikmalar: uglevod lar, oq-
sil lar,
nuk lein kislotalar, lipidlar-
ning tu zilishi va ularning biologik
ahamiya tini aniqlash sa naladi.
Molekula darajasida muhim biologik birikmalar (uglevodlar, oqsillar,
nuklein
kislotalar, lipidlar)ning tirik organizmlarning o‘sishi, rivojlanishi,
irsiy axborotni saqlashi va avloddan avlodga o‘tkazishi, modda va energiya
almashinuvida tutgan o‘rni o‘rganiladi.
Tirik organizmlarni o‘rganish da dastlab organik birikmalar, ular ishtirokida
boradigan reaksiyalar, fi zik-kimyoviy jarayonlarga e’ti bor qaratiladi.
Mazkur
jarayon lar aniqlangandan so‘ng, tirik organizmlarda sodir bo‘ladigan
o‘zgarishlarning mohiyatini tushunish mumkin.
Shuni qayd etish kerakki, makromolekulalarning tuzilishi va xususiyatlarini
bilish, ularni laboratoriya sharoitida o‘rganish biomolekulalar haqida to‘liq
tasavvurni hosil qilmaydi. Hayotning molekular darajasini o‘rganishda kimyo,
fi zika, informatika, matematika fanlarining kashfi yotlari va qonunlaridan
foydalaniladi. Hujayradan ajratib olingan makromolekulalar biologik
mohiyatini yo‘qotib, faqat fi zikaviy va kimyoviy xususiyatlarga ega bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: