20-§. JINS GENETIKASI Jins irsiy axborotning avlodlarga berilishi va nasl qoldirishni ta’minlaydigan
hamda erkak va urg‘ochi organizmlarni farqlash imkonini beradigan belgi
va tuzilmalar majmuyidir. Tirik organizmlarda ikki xil jins: urg‘ochi va
erkak jins farq qilinadi. Organik olam evolutsiyasining ma’lum bosqichida
yer yuzida ayrim jinsli organizmlar paydo bo‘lgan. Hayvonlarda jinsning
belgilari morfologik, fi ziologik, biokimyoviy xususiyatlari, murakkab xatti-
harakatlari orqali namoyon boʻladi. Jinsiy belgilar birlamchi va ikkilamchi
boʻladi. Birlamchi jinsiy belgilarni jinsiy organlar sistemasi ifoda etadi, ular
gametalar hosil boʻlishi va urugʻlanishni taʼminlaydi. Ikkilamchi jinsiy belgilar
gormonlar taʼsirida voyaga yetgan davrda rivojlanadi va hayot davomida
saqlanadi. Masalan, qushlar va sutemizuvchi hayvonlarning erkagi gavdasining
yirikligi, chiroyli bo‘lishi, odamlarda esa erkaklarda soqol-mo‘ylovning
bo‘lishi, ovozning yo‘g‘on bo‘lishi. Erkak va urg‘ochi organizmlarning
tash qi ko‘rinishidagi farq jinsiy dimorfi zm deyiladi. Jinsiy dimorfi zm
ko‘p gi na hayvonlarda, odamda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Odam, hayvon va
о‘simliklarda jinslarning nisbati bir xil 1:1 bо‘ladi. Jins ko‘pincha urug‘lanish
jarayonida ma’lum bo‘ladi. Jinsni aniqlashda kariotip asosiy rol o‘ynaydi. Har
bir organizmning kariotipi har ikkala jinsda bir xil bo‘lgan xromosomalar –
autosomalar, erkak va urg‘ochi jinslarni bir-biridan farq qilishini ta’minlaydigan
xromosomalar – jinsiy xromosomalardan iborat. Masalan, drozofi la pashsha-
sining kariotipi 6 ta autosoma va ikkita jinsiy xromasomadan iborat.
Kariotipi bir xil jinsiy xromosomalarga ega, bir xil gametalar hosil qiladigan
jins gomogametali jins deyiladi. Kariotipi har xil jinsiy xromosomalarga ega,
har xil gametalar hosil qiladigan jins geterogametali jins deyiladi. Odam,
sutemizuvchilar, ayrim hasharotlarning urg‘ochilari gomogametali, erkaklari
geterogametali bo‘ladi. Qushlar, sudralib yuruvchilar va ayrim hasharotlarda
esa aksincha, erkaklari gomogametali, urg‘ochisi geterogametali bo‘ladi.