Biolog 10 indd


-§. IRSIYATNING XROMOSOMA NAZARIYASI



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/197
tarix06.09.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#141664
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   197
Biologiya. 10-sinf (2017, J.Tolipova, M.Umaraliyev)

19-§. IRSIYATNING XROMOSOMA NAZARIYASI
1906-yilda U. Betson va R. Pennet xushbo‘y hidli no‘xat o‘simliklarini 
cha tish tirib, chang donasining shakli va gulning rangi keyingi avlodda 
mustaqil holda irsiylanmasligini, duragaylarda ota-ona formalarining belgilari 
takrorlanishini aniqlashdi. Avlodlarda belgilarning mustaqil holda irsiylanishi 
va erkin kombinatsiyalanishi barcha belgilar uchun xos emasligi ma’lum bo‘ldi. 
Tomas Morgan va uning shogirdlari mustaqil holda irsiylanmaydigan 
genlar belgilarining avloddan avlodga o‘tishini o‘rgandilar. Agar G. Mendel 
o‘z tajribalarini no‘xat o‘simligida o‘tkazgan bo‘lsa, Morgan uchun meva 
pashshasi drozofi la asosiy obyekt bo‘lib xizmat qildi. Drozofi lalar tajriba 
o‘tkazish uchun juda qu lay obyektdir. Chunki ular laboratoriya sha roitida tez 
ko‘payadi, xromosomalar soni 8 ga teng. 
Genlarning mustaqil kombinatsiyalanishi qonuni o‘rganilayotgan genlar 
nogomologik xromosomalarda joylashsagina o‘rinli bo‘ladi. Genlar soni 
xromo somalar sonidan ancha ko‘p bo‘lganligi sababli bitta xromosoma da 
juda ko‘p genlar joylashadi va birikkan holda irsiylanadi. Bir xromosomada 
joylashgan genlar majmuyi 
birikish guruhi
deyiladi. 
Organizmdagi genlarning bi ri kish guruhi shu organizm xromoso malarining 
gaploid to‘pla mi ga teng bo‘ladi. Jumladan, makkajo‘xorida (
Zea mays

xromosomaning gap loid to‘plami va birikish guruhi 10 ga, no‘xatda (
Pisum 
sativum
) 7 ga, drozofi la meva pashshasida (
Drosophila melanogaster
) 4 ga, 
odamda (
Homo sapiens
) 23 ga teng.
Bu hodisani yaxshi tushunish maqsadida drozofi lalarda ikki juft belgilar -
ning nasldan naslga o‘tishi bilan tanishamiz. Drozofi lalarda ta naning kulrang-
ligini belgilovchi gen (A) qora rang geni (a) ustidan dominantlik qiladi. Normal 
qanot geni (B) esa kalta qanotni belgilovchi gen (b) dan ustunlik qiladi. 


89
Kulrang va normal qanotli pashsha-
larni qora va kalta qanotli pashshalar 
bilan chatishtirsak, birinchi avlod bir 
xilliligi yuzaga chiqadi, ya’ni kulrang 
tanali, normal qanotli pashshalar hosil 
bo‘ladi. 
F
1
da hosil bo‘lgan kulrang tanali, 
normal qanotli erkak drozofi lalarni qora 
tanali kalta qanotli urg‘ochi drozofi -
lalar bilan o‘zaro chatishtirilsa, F
b
da 
olingan avlodning ½ qismini kulrang 
tanali, normal qanotli, ½ qismini qora 
tanali, kalta qanotli individlar tashkil 
etadi. Bunday birikishga 

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin