90
Qora tana,
kalta qanot
8,5%
Qora tana,
normal qanot
41%
Qora tana,
kalta qanot
Gametalar
41,5%
Kulrang tana,
normal qanot
8,5%
Kulrang tana,
kalta qanot
Kulrang tana,
normal qanot
47-rasm.
Chala birikish.
T. Morgan qonuni quyidagicha tavsifl anadi: bitta xromosomada joylashgan
genlar birikish guruhlarini hosil qiladi va nasldan naslga birikkan holda o‘tadi.
Ularning birikish ehtimoli shu genlar orasidagi masofaga teskari proporsionaldir.
Genlar orasidagi masofa morganida deb ataladigan
birlik bilan ifodalanadi;
1 morganida 1% krossingover kuzatiladigan genlar orasidagi masofaga teng.
Biz yuqorida ko‘rib chiqqan misolimizdagi ikkita gen orasidagi masofa
17 morganidaga teng.
Belgilarning birikkan holda irsiylanishi, krossingover hodisasiga asoslanib
T.Morgan o‘z shogirdlari bilan irsiyatning xromosoma nazariyasini yaratdi.
Uning mazmuni quyidagicha:
– genlar xromosomalarda ma’lum bir chiziqli ketma-ketlikda joylashadi;
– har bir gen xromosomada o‘z o‘rni (lokus)ga ega; allel genlar gomologik
xromosomalarning aynan bir xil lokuslarida joylashadi;
– bitta xromosomada joylashgan genlar birikish guruhini hosil qilib,
birgalikda irsiylanadi; birikish guruhlari soni
xromosomalarning gaploid
to‘plamiga teng va har bir tur uchun doimiydir.
91
– krossingover jarayonida genlarning birikishi buzilishi mumkin, bunda
rekombinant xromosomalar hosil bo‘ladi; krossingover
chastotasi genlar
orasidagi masofaga bog‘liq: masofa qanchalik uzoq bo‘lsa, krossingover
shuncha ortadi;
– rekombinatsiya foizi asosida genlar orasidagi masofa aniqlanadi, bu esa
xromosomalar xaritasini tuzishga imkon beradi.
Bu sohadagi tadqiqot natijalari xromosomaning genetik va sitologik
xaritasini yaratish imkonini vujudga keltirdi. Ma’lum
birikish guruhga
kirgan genlarning joylashish tasviri
Dostları ilə paylaş: