84
G. Mendelning gametalar sofl igi gipo tezasi sitologik jarayonlarga asoslangan.
Chala dominantlik
. G. Mendel to monidan o‘tkazilgan bu tajribada bir belgi
ikkinchi belgi ustidan to‘liq domi nantlik qiladi. Ammo organizm belgilarining
irsiylanishida to‘liqsiz dominantlik ho disasi ham uchraydi.
Ingliz olimi U. Betson o‘z tajribalaridan birida qora(AA) va oq(aa) patlarga
ega tovuq zotlarini o‘zaro chatishtirdi. Olingan F
1
avlod (Aa)ning hammasi
havorangli patga ega bo‘lgan. F
2
da esa duragaylar 3 xil
fenotipik sinfga ajralish
beradi, ya’ni
1
/
4
qismi qora,
2
/
4
qismi havorang,
1
/ qismi oq bo‘ldi.Genotipik va
fenotipik ajralish nisbati 1:2:1 bo‘ldi.
G‘o‘zada tolaning rangi (qo‘ng‘ir – AA, novvotrang – Aa, oq – aa), na-
mozshomgulda gultojibarglarning rangi (qizil – AA, pushti – Aa, oq – aa),
odamlarda soch tolasining (jingalak – AA, taram-taram – Aa, silliq – aa)
irsiylanishi oraliq xarakterga ega (45-rasm).
Ko‘p allellilik
. G. Mendel tadqi qotlaridan keyin ko‘p vaqt o‘tgach, «domi-
nant gen» va «retsessiv gen» tushunchalari nisbiy ekanligi ma’lum bo‘ldi. Biror
belgi genining dominant, retsessiv deb atash mumkin bo‘lmagan boshqacha
«holatlar»i bo‘lishi ham mumkin. Gen mutatsiyalari
natijasida yuqoridagi
holatlarning ikkita emas, uchta yoki undan ortiq allellari paydo bo‘lish hodisasi
ko‘p allellilik
deyiladi.
Kodominantlik
. Somatik hujayralarda ikkitadan allel genlar bo‘ladi: ular
ota-onadan o‘tgan. Ko‘p allellilikda bunday genlar «xillari»
bitta populatsiyaga
mansub har xil organizmlarda ota-onadan qaysi genlar o‘tganligiga qarab
turlicha bo‘ladi. Masalan, odamda qon guruhi uchta allel (A, B, 0) ga ega
bo‘lgan gen bilan belgilanadi. Bunda A va B – dominant allellar, 0 esa retsessiv
allel.
Shunday qilib, odamlarda bu allellarning quyidagi kombinatsiyalari
uchraydi: 00 – birinchi, AA va A0 –
ikkinchi, BB va B0 – uchinchi, AB –
to‘r tinchi qon guruhi. Allel genlarning birgalikda biror belgining rivojlanishiga
bunday ta’siri kodominantlik deyiladi.
Dostları ilə paylaş: