79
Assidiya metamorfozidan farq qilib, suvda hamda quruqlikda yashovchilar
metamorfozida a’zolar sistemasining murakkablashuvi kuzatiladi.
Suvda ham
quruqda yashovchilar sinfi vakili baqada metamorfoz yashash muhitining
o‘zgarishi bilan bog‘liq.
O‘simliklarning ontogenezi o‘ziga xos tarzda kechadi. Gulli o‘simliklarda
ontogenez quyidagi davrlardan iborat:
Embrional davr
zigotadan
boshlanib,
urug‘ hosil bo‘lishi va uning pishib yetilishi bilan yakunlanadi.
Yoshlik davri
urug‘ning unib chiqishi, vegetativ organlarning shakllanishi kuzatilib, generativ
organ – gul kurtaklarining paydo bo‘lishi bilan tugaydi.
Ko‘payish davri
da
gul, meva, urug‘ning hosil bo‘lishi kuzatiladi.
Qarilik davri
da ontogenez
yakunlanadi, o‘simlik quriydi.
Bir yillik o‘simliklarda
ontogenez bir yil davom etsa, ko‘p yillik
o‘simliklarda
embrional, yuvenil (yoshlik) davrlari bir marta sodir bo‘ladi.
Uchinchi davr esa ko‘p marta takrorlanadi.
Organizm individual rivojlanishiga tashqi muhit omillarining ta’siri katta.
Tashqi muhit omillarining ta’siri embrional davrda ham, postembrional davrda
ham kuzatiladi. Organizmlarning rivojlanishiga abiotik omillar: harorat,
yorug‘lik, namlik, kislorod, har xil kimyoviy birikmalar katta ta’sir ko‘rsatadi.
Gomeostaz.
Organizm doimo o‘zgarib turadigan muhit sharoitlarida
yashaydi. Tashqi muhit omillari ta’sirining o‘zgarishiga qaramay,
tirik
organizmlarning o‘zining morfologik,
anatomik, fi ziologik xususiyatlarini,
kimyoviy tarkibini va ichki muhitini nisbatan doimiy
saqlay olish xususiyati
gomeostaz deyiladi. Gomeostazni ta’minlashda immunitetini ta’minlovchi
tizimlar, regeneratsiya muhim ahamiyatga ega. Regeneratsiya deb organizm-
larning hayot faoliyati davomida yoki biron ta’sir natijasida yashash muddati
tugagan
yoki shikastlangan hujayralar, to‘qimalar yoki a’zolarning qayta
tiklanishiga aytiladi.
Dostları ilə paylaş: