78
Yuvenil davr tug‘ilishdan boshlanib jinsiy balog‘atga yetguncha davom
etadi. Bu davr bir-biridan farqlanadigan ikki xil yo‘l
bilan amalga oshishi
mumkin. Rivojlanishning bu yo‘llari bevosita (to‘g‘ri, metamorfozsiz) va
bilvosita (noto‘g‘ri, metamorfozli) rivojlanish deb ataladi.
Bevosita rivojlanish.
Har qanday rivojlanish organizmning sifat o‘zgarish-
larini o‘z ichiga oladigan murakkab fi ziologik jarayondir. Bevosita rivojlanishda
tuxumdan chiqadigan yoki tug‘iladigan individ voyaga yetgan individga
o‘xshash bo‘ladi. Lekin voyaga yetgan individga
nisbatan nerv sistemasi
faoliyati birmuncha sodda, jismonan ancha zaif hamda ba’zi organlari (jinsiy
organlar) yetilmagan bo‘ladi. Rivojlanishning bu turi sudralib yuruvchilarda,
qushlarda, sutemizuvchilarda kuzatiladi.
Bilvosita rivojlanish
. Rivojlanishning bu turi ham xuddi bevosita rivojlanish
kabi o‘sish bilan davom etib boradi. Voyaga yetgan davrda o‘troq
yashovchi
bulutlar, aktiniyalar,
korall poliplari, ko‘p tukli halqali chuvalchanglarning
lichinkalari harakatchan bo‘lib, tarqalishni ta’minlaydi. Hasharotlarda to‘liq va
chala metamorfoz farqlanadi. Qattiqqanotlilar (qo‘ng‘izlar),
pardaqanotlilar,
tangachaqanotlilar, ikkiqanotlilar, burgalar turkumlari vakillari uchun to‘liq
metamorfoz, suvarak, qandalalar, tog‘riqanotlilar, beshiktebratar, bit, termitlar
kabi turkumlarning vakillari uchun chala metamorfoz xos. To‘liq metamorfozda
tuxumdan – lichinka, undan g‘umbak, g‘umbakdan – voyaga yetgan hasharot
rivojlanadi. Chala metamorfoz tuxum, lichinka, yetuk hasharot bosqichlaridan
iborat.
Xordalilar tipi lichinkaxordalilar kenja tipi vakili – assidiyada metamorfoz
jarayoni yashash tarzining o‘zgarishi bilan bog‘liq. Assidiya lichinkasida xordali
hayvonlarga
xos nerv sistemasi, xorda, ko‘z rivojlangan bo‘ladi. Keyinchalik
lichinka o‘troq hayot kechirishga o‘tib, voyaga yetish
jarayonida organizmda
regressiv metamorfoz ro‘y beradi. Xorda, nerv sistemasining asosiy qismi
yo‘qolib, qolgani tugunchaga aylanadi (43-rasm).
Dostları ilə paylaş: