75
Ontogenez jinsiy ko‘payadigan organizmlarda tuxum hujayraning rivoj-
lanishidan, jinssiz ko‘payadigan organizmlarda ona
organizmdan ajralishidan
boshlanadi va umrining oxiriga qadar davom etadi. Ontogenezning uchta tipi
farqlanadi
.
Lichinkali rivojlanish
. Lichinkali ontogenez
tuxum hujayrada sariqlik
moddasi kam bo‘lgan organizmlarda, masalan,
hasharotlarda, baliqlarda va
amfi biylarda kuzatiladi. Ularning tuxumidan yetuk formalardan o‘z
tuzilishi
bilan farq qiladigan, o‘zi mustaqil oziqlanadigan lichinka rivojlanadi. Lichinkali
rivojlanadigan organizmlarda metamorfoz hodisasi kuzatiladi. Metamorfoz
organizm individual rivojlanishi davomida tuzilishida sodir bo‘ladigan chuqur
o‘zgarishlardir. Hayvonlarda metamorfoz asosan
hayot tarzi yoki yashash
muhitining o‘zgarishi bilan bog‘liq holda amalga oshadi. Metamorfoz bilan
rivojlanadigan hayvonlarning hayot siklida lichinkalik davri bir yoki bir necha
bosqichda kechadi. Bunday hayvonlarda ontogenezning
har bir bosqichida
shu organizm mansub turning mavjudligini ta’minlaydigan muhim hayotiy
funksiyalar amalga oshadi. Masalan, lichinkalik davrida areal bo‘ylab tarqalish,
voyaga yetgan davrda ko‘payish jarayonlari kuzatiladi.
Lichinkali rivojlanish
o‘troq yashaydigan organizmlarning lichinkalari tarqalishi va arealning
kengayishiga imkon yaratadi. Bitta turning lichinkalari
va voyaga yetgan
formalari turli muhitda yashashi, turli oziq bilan oziqlanishi tufayli tur ichidagi
kurashning keskinligi kamayadi. Ba’zi hayvonlarning lichinkalari ko‘payish
xususiyatiga ham ega (jigar qurti, exinokokk).
Dostları ilə paylaş: