Biolog 10 indd



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/197
tarix06.09.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#141664
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   197
Biologiya. 10-sinf (2017, J.Tolipova, M.Umaraliyev)

Tuxumda rivojlanish
sudralib yuruvchilar (reptiliyalar), qushlar va tuxum 
qo‘yuvchi sutemizuvchilarda kuzatiladi. Ularning tuxum hujayrasida sariqlik 
ko‘p bo‘ladi va embrion uzoq vaqt tuxum ichida rivojlanadi.
Bachadonda rivojlanish
. Odam va yuksak sutemizuvchilarda ona qornida 
rivojlanish kuzatiladi. Urugʻlangan tuxum – tuxum yoʻlida rivojlanadi, bunday 
holatda embrion bilan ona organizm oʻrtasida yoʻldosh orqali bogʻlanish 
yuz beradi. Embrionning barcha hayotiy jarayonlari (oziqlanish, nafas olish, 
ayirish) yo‘ldosh orqali ona organizmi hisobiga ta’minlanadi. Bachadonda 
rivojlanish embrionning tug‘ilishi bilan tugallanadi.
Ontogenez asosan ikki davrga bo‘linadi: embrional rivojlanish davri
postembrional rivojlanish davri. 
Embrional rivojlanish davri.
Bu davr zigota hosil bo‘lishidan boshlanib 
tug‘ulgungacha yoki tuxum qobig‘idan chiqqunga qadar davom etadi. Embrional 
davri maydalanish, gastrulatsiya, organogenez bosqichlariga bo‘linadi. Zigota – 
ko‘p hujayrali organizmlarning bir hujayrali bosqich bo‘lib, bunda mitozga 
tayyorgarlik kuzatiladi.


76
Maydalanish. 
Zigota hosil bo‘lganidan bir necha soatdan keyin maydalanish 
bosqichi boshlanadi. Hujayralar mitoz usuli bilan bo‘lina boshlaydi, bo‘lingan 
hujayralar o‘smaganligi uchun hosil bo‘lgan hujayralarning o‘lchami tobora 
maydalashib boraveradi. Zigotaning qanday maydalanishi tuxum hujayrada 
sariq moddaning miqdoriga bog‘liq. Sariqlik miqdori kam va sitoplazmada 
bir xil taqsimlangan bo‘lsa, zigota to‘liq va bir tekis maydalanadi (lansetnik). 
Agar sariqlik moddasi ko‘p bo‘lib, hujayrada notekis taqsimlansa, zigotaning 
maydalanishi ham to‘liq bo‘lmay, notekis yuz beradi. Sariqlik moddasi 
hujayraning bo‘linishiga xalaqit beradi. Bunday rivojlanish sariqlik moddasi 
ko‘p bo‘lgan tuxum hujayralar qush, sudralib yuruvchilarda kuzatiladi. 
Maydalanishda zigota dastlab meridian tekisligi bo‘ylab bo‘linadi va bir-biriga 
teng ikkita hujayra hosil bo‘ladi. Bular blastomerlar deb ataladi. Ikkinchi 
bo‘linish avvalgi tekislikka perpendikular yo‘nalishda kechadi, natijada 4 ta 
blastomer hosil bo‘ladi. Uchinchi bo‘linish chizig‘i ekvator bo‘ylab yo‘naladi 
va 8 ta blastomer hosil bo‘ladi. Meridian va ekvator yo‘nalishdagi bo‘linishlar 
ketma-ket takrorlanadi va hujayralar tobora maydalashib boradi. Maydalanish 
blastulaning hosil bo‘lishi bilan tugallanadi. Blastula sharsimon shaklda bo‘lib, 
uning devori bir qavat hujayralardan tashkil topadi va 
blastoderma
deb ataladi. 
Blastulaning ichi suyuqlik bilan to‘lgan bo‘lib, 
blastotsel
deb ataladi.

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin