2-masala. Odam terisining rangi ikki juft noallel gen bilan belgilanadi. BBCC
genotipli odamlarning terisi qora, bbcc genotipli odamniki oq rangda bo‘ladi.
Genotipda 3 ta dominant gen bo‘lsa teri qoramtir, 2 ta bo‘lsa oraliq, 1 ta bo‘lsa
oqish bo‘ladi. Oraliq terili erkak terisi oqish bo‘lgan ayolga uylangan. Ular
farzandlarining 6/8 qismida teri rangi oraliq, oqish; 2/8 qismida qoramtir va oq
bo‘lgan. Erkak va ayolning genotipini toping.
3-masala. TovuqIar oyog‘ida pat bo‘lishi ikki juft noallel gen tomonidan
belgilanib, nokumulativ polimer tipda irsiylanadi. Agar genotipda dominant gen
bo‘lsa, tovuq oyog‘ida pat hosil bo‘ladi, agar genlar retsessiv bo‘lsa, pat hosil
bo‘lmaydi, oyog‘ida pati yo‘q tovuq dominant gomozigotali patli xo‘roz bilan
chatishtirilganda F
1
da 120 ta, F
2
da 1120 ta jo‘ja olindi, F
2
avlodning nechtasi
digomozigotali bo‘ladi?
4-masala. Otlar yungining kulrang belgisi ikki xil allel bo‘lmagan dominant
gen ishtirokida rivojlanadi. Ularda B qora, b malla rangni ifodalaydi. Boshqa
xromosomada joylashgan I gen; B va b genlar funksiyasini susaytiradi va otlar
rangi kulrang bo‘lib qoladi. Gomozigota kulrang biya bilan malla yungli ayg‘ir
chatishtirilgan. F
1
da kulrang otlar olingan. Ular o‘zaro chatishtirilganda F
2
12 ta
kulrang 3 ta qora va bitta malla yungli otlar olingan. Chatishtirishda ishtirok etgan
biya va ayg‘irning, F
1
va F
2
duragay otlarning genotipini aniqlang.
103
23-§. O‘ZGARUVCHANLIKNING UMUMIY QONUNIYATLARI O‘zgaruvchanlik tufayli organizmda yangi belgi va xususiyatlar paydo
bo‘ladi. O‘zgaruvchanlik irsiy va irsiy bo‘lmagan o‘zgaruvchanlikka ajratiladi.
Irsiy bo‘lmagan o‘zgaruvchanlik fenotipik o‘zgaruvchanlik deb ham ataladi.
Fenotipik o‘zgaruvchanlikning ikki turi mavjud: modifi katsion va ontogenetik
o‘zgaruvchanlik. Ontogenetik o‘zgaruvchanlik – bu ontogenez jarayonida
genlarning diff erensial faolligi natijasida yuzaga chiqadigan, muhit ta’siriga
bog‘liq bo‘lmagan o‘zgaruvchanlikdir. Modifi katsion o‘zgaruvchanlik esa tashqi
muhit omillari ta’sirida fenotipda namoyon bo‘ladigan o‘zgaruvchanlikdir.
Irsiy o‘zgaruvchanlik genotipning o‘zgarishi natijasida sodir bo‘lganligi
uchun genotipik o‘zgaruvchanlik ham deyiladi. Genotipik o‘zgaruvchanlik
turlariga kombinativ o‘zgaruvchanlik, mutatsion o‘zgaruvchanlik kiradi.
Kombinativ o‘zgaruvchanlik meyoz jarayonida gomologik xromosomalarning
o‘zaro chalkashuvi, meyozining anafaza bosqichida ota-ona xromosomalarining
qutblarga tasodifi y ravishda tarqalishi va urug‘lanish jarayonida ota-ona
gametalarining tasodifi y kombinatsiylashuvi natijasidir.
104
Mutatsion o‘zgaruvchanlik organizm genlari va xromosomalarining sifat
va son jihatdan o‘zgarishi natijasi hisoblanadi.